Rossiyalik aktor Vladimir Xotinenko o‘zbekistonlik talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

© Sputnik/Dostonbek RaxmatullayevMaster-klass narodnogo artista Rossii, professora VGIKa Vladimira Xotinenko i kinoveda, professora Tatyani Yakovlevoy.
Master-klass narodnogo artista Rossii, professora VGIKa Vladimira Xotinenko i kinoveda, professora Tatyani Yakovlevoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya xalq artisti Vladimir Xotinenko o‘zbekistonlik talabalarga kinofilm va serial suratga olish, syomka pavilonlarida ishlash, kinoraskadrovka prinsiplarini tushuntirdi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent shahar filialida Rossiya xalq artisti Vladimir Xotinenko hamda kinoshunos Tatyana Yakovleva tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi institut matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
"Filmi, operedivshie vremya" mavzusida tashkil etilgan mahorat darsida kinouslublar, rejissura va operatorlik mahorati, aktorlik san’ati maktablari haqida so‘z bordi.

“Men VGIKning Toshkent filialida ilk bor bo‘layotganim yo‘q. Filial qanday o‘sib, rivojlanib borayotganini ko‘rib turibman. O‘ylaymanki, bundan keyin tez orada yangi formatdagi mahorat darslari bilan kelaman va talabalarning ijodini ham birgalikda tahlil qilamiz”, dedi Vladimir Xotinenko.

Shuningdek, talabalarga kinofilm va serial suratga olish, syomka pavilonlarida ishlash, kinoraskadrovka prinsiplari tushuntirildi.
Qolaversa, Rossiyaning taniqli ijodkorlari va mutaxassilari Janik Fayziyev, Svetlana Fayziyeva, Anton Malishevning mahorat darslari hamda uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Vladimir Xotinenko ijodi davomida “Demon revolyutsii”, “Nasledniki”, “1612”, “Roy”, “Pop”, “Memorandum Parvusa” kabi 30 dan ortiq film va seriallarni yaratgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar va fevral oylarida rossiyalik taniqli aktor Sergey Bezrukov va rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya ham mahorat darlari o‘tkazishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0