O‘zbekiston — Yangi Zelandiya o‘yinini qayerda jonli efirda tomosha qilish mumkin?

© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaChM po futbolu U20
ChM po futbolu U20 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Bugun U-20 Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Yangi Zelandiya – O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Bugun Argentinada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatida O‘zbekiston – Yangi Zelandiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bu mavzuga oid so‘nggi ma’lumotlarni Telegram-kanalimizda e’lon qilamiz. Obuna bo‘ling va tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing
U-20 Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Yangi Zelandiya – O‘zbekiston uchrashuvini 23-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Jahon chempionati FIFA sayti orqali jonli efirga uzatiladi.
O‘yinni yamaykalik Osheyn Entoni Neyshn boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamurtlari Ajay Joan Duxan va Jasset Kerr-Uilson yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Muxammad Buh faoliyat ko‘rsatishi belgilangan.
VARda nikaragualik Tatyana Auksiliadora Gusman Algera hamda fransiyalik Villi Delayod ishlaydi.
© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaChM po futbolu U20
ChM po futbolu U20 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Eslatib o‘tamiz, 21-may kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoa a’zolari Argentinaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 2:1 hisobida Argentina foydasiga hal bo‘ldi. Gollarga Mahmud Mahamadjonov, Alexo Veliz, Valentin Karboni mualliflik qildi.
Turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari Argentinadan tashqari, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalari bilan ham to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning guruh bosqichida jami 24 davlatdan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi. Birinchi bosqichda respublika terma jamoasi Argentina, Gvatemala va Yangi Zelandiyadan kelgan raqiblar bilan kuch sinashadi. Guruh o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 16 nafar eng yaxshi jamoa chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Yangiliklar lentasi
0