O‘zbekiston — Yangi Zelandiya o‘yini qanday yakunlandi

© AFUUzbekistan - Novaya Zelandiya
Uzbekistan - Novaya Zelandiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Bugun U-20 jahon chempionatida O‘zbekiston – Yangi Zelandiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Argentinada hozirgina yakunlangan O‘zbekiston – Yangi Zelandiya U-20 terma jamoalar uchrashuvida durang natija qayd etildi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinning so‘nggi daqiqasida 90+3 gol kiritib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Yakuniy hisob - 2:2.
Gollar mualliflari: Benjamin Uolles 23, Jey Herdman 41, Abbos Fayzullayev 51, Sherzod Esanov 93.
O‘yinning eng qiziq lahzalari va gollar videosini telegram-kanalimizda tomosha qiling.
Bu o‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi o‘yini edi. Keyingi bahs 27-may kuni Gvatemala jamoasiga qarshi o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari Argentinadan tashqari, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalari bilan ham to‘p suradi. Turnirning guruh bosqichida jami 24 davlatdan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi. Guruh o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 16 nafar eng yaxshi jamoa chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Yangiliklar lentasi
0