Qaysi hudud bugun ko‘proq isiydi? — O‘zbekistonda 23-may uchun ob-havo

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSemya osvejayetsya ot proxladi fontana
Semya osvejayetsya ot proxladi fontana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat 5 ta hududda yomg‘ir yog‘adi. Qolgan joylarda havo harorati +35 darajagacha isiydi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Bugun respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkent +30 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari esa +35 darajagacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +15-20 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +17-22 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +15-20 daraja iliq, kunduzi +27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridahavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +15-20 daraja iliq, kunduzi +27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +19-24 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridahavo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +14-19, kunduzi +25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlaridahavo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +7-12, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0