Orban Yevropani Rossiya bilan xavfsizlik shartnomasi tuzishga chaqirdi

© AFP 2023 / Ludovic MarinPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban, arxivnoe foto
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning qayd etishicha, Brussel “Yevropa Qo‘shma Shtatlari”ni yaratmoqchi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Yevropa Rossiya bilan Yevropa xavfsizligi kelajagi bo‘yicha kelishuv tuzishi kerak. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Albatta, biz Rossiya bilan Yevropa xavfsizligi kelajagi borasida kelishuvga erishishimiz kerak”, dedi Orban Qatardagi iqtisodiy forumda.
Vengriya bosh vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqining kelajakda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishiga ikki xil yondashuv mavjudligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Brussel “Yevropa Qo‘shma Shtatlari”ni yaratmoqchi va bir qator davlatlar, jumladan, Vengriya ham a’zo davlatlarning milliy vakolatlarini kengaytirish tarafdori.
Yangiliklar lentasi
0