Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Elektron sigareta chekishni tashlashga yordam beradimi

© AP Photo / David RowlandMujchina kurit Veyp
Mujchina kurit Veyp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Chekishni tashlash jarayoni davomida uning o‘rnini bosuvchi boshqa vositalar, jumladan spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan ham voz kechish muhim.
Elektron sigaretalar, shu jumladan, nikotinsizlari ham, chekishni tashlashga yordam bermaydi, balki bu jarayonni murakkablashtiradi. Bu haqda psixiatr-narkolog Anton Masakin ma’lum qildi.

“Haqiqat shundaki, chekuvchi nikotinsiz sigaretani chekayotganida, tamaki chekishdagi kabi odatiy harakatlarni muntazam ravishda qilishda davom etadi. Bundan kelib chiqadiki, chekish harakatining xulq-atvor komponentini ta’minlovchi neyron zanjirlar odatiy holatni davom ettirmoqda. Bu chekuvchining stereotipik xatti-harakatini, chekish odatini o‘zgarmasligini anglatadi", – dedi shifokor RIA Novosti bilan suhbatda.

Asabiy vaziyatda chekuvchi yana nikotin o‘z ichiga olgan mahsulotdan foydalanadi, chunki u organizmi uchun boshqa muqobil variantni topmagan. Chekishni to‘xtatishning eng samarali usuli – bu xulq-atvor va farmakologik terapiyaning birlashmasi.
“G‘azab yoki asabiylashish, tashvish va tushkunlik, uyqu muammolari va hokazo holatlarda namoyon bo‘ladigan nikotinga ishtiyoqni kamaytirish uchun boshqa terapevtik usullar ham qo‘llaniladi”, – deya qo‘shimcha qildi Masakin.
Shuningdek, u tamaki chekishni tashlagan odam spirtli ichimliklarni chekish “o‘rnini bosish” sifatida suiiste’mol qilishni boshlashi mumkinligini ta’kidladi. Shuning uchun, chekishni tashlash jarayoni davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan ham voz kechish muhimdir.
Yangiliklar lentasi
0