https://oz.sputniknews.uz/20230523/artemovskda-rossiya-strategik-galabasi-35248423.html
Artyomovskning ozod etilishi – Rossiya strategik g‘alabasi
Artyomovskning ozod etilishi – Rossiya strategik g‘alabasi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qo‘shinlarining Soledar-Baxmut 224-kunlik hujum operatsiyasi Artyomovsk shahrini to‘liq ozod etish bilan yakunlandi.
2023-05-23T22:34+0500
2023-05-23T22:34+0500
2023-05-24T11:57+0500
kolumnistlar
rossiya
ukraina
nato
aqsh
harbiy hamkorlik
harbiy
harbiy texnika
harbiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/16/35203893_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_9415bb3499b788a57fd8c6686791df67.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiyaning bu strategik muvaffaqiyati maxsus harbiy operatsiya uchun yangi yo‘nalishlar va chegaralarni ochib beradi, G‘arbning sa’y-harakatlari va Kiyev rejimining Ukraina harbiy harakatlar teatri resurslariga putur yetkazadi.224 jang kunlari davomida Rossiya qo‘shinlari “Baxmut” qirg‘inida 100 mingga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilarni va minglab harbiy texnikani yo‘q qildi, logistika markazini vayron qildi va Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyati va ruhiy holatiga sezilarli darajada zarar yetkazdi. “Baxmut qal’asi”ning qulashi RF Qurolli Kuchlari uchun, avvalambor, Slavan-Kramatorsk yo‘nalishi bo‘yicha hujum operatsiyalari uchun yangi operatsion yo‘nalishlar va istiqbollarni ochadi. Artyomovskning ozod etilishi butun dunyoga UQK “qarshi hujumi” ning og‘ir haqiqatini ko‘rsatadi, NATOning zaifligini va G‘arbning Kiyevga harbiy yordami ma’nisizligini ishonchli isbotlaydi.Kelgusida AQSh va NATO ma’lum miqdordagi F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni va UQK uchuvchilarini tayyorlashni va’da qilgan ko‘rinadi. Biroq, Amerika F-16 samolyotlari Kiyevdagi "Patriot" havo mudofaa tizimining taqdirini takrorlashi shart emas. AQSh ning kechgi 375 million dollarlik harbiy yordami unchalik ta’sirli emas – bular qo‘shimcha 155-mm va 105-mm artilleriya snaradlari, HIMARS uchun o‘qlar, "Javelin", AT-4, TOW tankga qarshi tizimlari. Ukraina harbiy harakatlar teatri HIMARS, "Javelin" va boshqa tizimlarning samarasizligini allaqachon isbotlagan. UQKni “jonlantirish” uchun Amerika pullari tugamoqda, 375 million dollar esa bor-yo‘g‘i 75 ming dona 155 mm snaradni tashkil etadi. Bu UQK artilleriyasining “qarshi hujum” dan tashqari ikki haftalik xarajatlaridir.Maxsus harbiy operatsiyaning bir nechta o‘lchovlariArtomovsk va undan oldinroq –Soledar ozod qilingandan so‘ng, Rossiya qo‘mondonligi hujum operatsiyalari uchun tezkor yo‘nalishlar, taktik qarorlar, kuchlar va o‘q otish qurollarining keng tanloviga ega bo‘ldi. Barbod qilingan “Baxmut qal’asi” dan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda UQK tomonidan vaqtincha bosib olingan boshqa aholi punktlari –Chasov Yar, Toresk, Konstantinovka, Drujkovka, Slavansk, Kramatorsk kabilar mustahkamlangan hududlarga aylandi. Rossiya qo‘shinlari qayd etilgan shaharlarda va Odessa, Dnepropetrovsk va Xarkovda UQKning shaxsiy tarkibi, harbiy texnikasi, obyektlari, arsenallari va yoqilg‘i omborlarini yo‘q qilishda davom etmoqda.Artyomovskning shimoliy va janubidagi qanotlarda Ukrainaning “qarshi hujumi” amalga oshirilmaganidan so‘ng, Kiyev rejimi “Drang nach Osten” o‘z joniga qasd qilishni qayerda davom ettirishni hali hamon hal qilmadi. Ukraina prezidenti va Oliy qo‘mondon Vladimir Zelenskiy Yaponiyada Xirosima tarixini o‘rganmoqda. UQKning yetim qo‘mondonligi odatda Rossiyaning “iqlim quroli” bo‘yicha shikoyat qiladi. Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan Rossiyaning ayrim hududlarida qo‘poruvchilik harakatlari orqali Ukraina va jahon hamjamiyatining e’tiborini “Baxmut qal’asi” ning strategik muvaffaqiyatsizligi va sharmandaligidan chalg‘itish uchun umidsiz urinishlar mavjud. Bugun Davlat havfsizlik xizmatining Chegara xizmati va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Belgorod viloyatida ukrainalik diversantlarni tezkor va uslubiy ravishda yo‘q qildi."The American Conservative" nashri ta’kidlaydi: “Rossiya tobora antagonistik va noiloj bo‘lib borayotgan paytda cho‘zilgan mojaroning xarajatlari va xavflari, ayniqsa, moliyaviy jihatdan cheklangan va siyosiy jihatdan beqaror Amerika uchun katta bo‘ladi”. Shu sababli, Vashington Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish o‘rniga taklif qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa bu “Isroil modeli” bo‘yicha xavfsizlik kafolatlari – AQSh qurol-yarog‘ini (pul evaziga) ittifoqning jamoaviy mudofaa majburiyatlarisiz yetkazib berish.Ayni paytda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bugun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi va Yevropa tinchlik jamg‘armasidan Ukrainaga yangi harbiy yuklar yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qila olmadi. CNBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa rasmiylari 2024-yilgi saylovlarda Baydenning mag‘lubiyatiga jimgina hozirlik ko‘rmoqda va “Ukraina muammosini AQShsiz hal qilishlari”dan xavotirda. Amerikalik siyosiy sharhlovchi Jekson Xinkl shunday xulosa qiladi: “Baxmut quladi, navbatda endi Chasov Yar. Zalujniyning ahvoli og‘ir. Bahorgi qarshi hujum boshlanmadi. Ukraina aql bovar qilmaydigan miqdorda odamlarini yo‘qotdi. Zelenskiy butun G‘arbiy Yevropada tilanchilik qilmoqda”. "Newsweek" nashrining yozishicha, Ukraina harbiy harakatlar teatrida yangi rus armiyasi shakllantirilmoqda –tajribaliroq, kuchliroq va doimgidek yaxshi jihozlangan va qurollangan. NATOning sharqiy qanotida ittifoq qo‘shinlari Rossiya Federatsiyasi bilan qarama-qarshilikka tayyorlanmoqda.Ukraina hali ham “xarobalar orasida imkoniyatlarni ko‘rmoqda”, biroq G‘arb hozirgi og‘ir voqelikda Kiyev qo‘g‘irchoqlarining ahvoliga e’tibor bermagan holda Rossiya ustidan virtual g‘alaba haqida gapira olmaydi. Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi davom etmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/16/35203893_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_967b654c98d4c4e5d9b618b237ef78b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
rossiya ukraina soledar baxmut artyomovsk uqk vagner
rossiya ukraina soledar baxmut artyomovsk uqk vagner
Artyomovskning ozod etilishi – Rossiya strategik g‘alabasi
22:34 23.05.2023 (yangilandi: 11:57 24.05.2023) Rossiya qo‘shinlarining Soledar-Baxmut 224-kunlik hujum operatsiyasi Artyomovsk shahrini to‘liq ozod etish bilan yakunlandi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiyaning bu strategik muvaffaqiyati maxsus harbiy operatsiya uchun yangi yo‘nalishlar va chegaralarni ochib beradi, G‘arbning sa’y-harakatlari va Kiyev rejimining Ukraina harbiy harakatlar teatri resurslariga putur yetkazadi.
“Vagner” hujum otradlarining hujumkor harakatlari natijasida “Janub” qo‘shinlar guruhining artilleriya va aviatsiyasi ko‘magida 20-may kuni Artyomovsk shahri ozod qilinishi yakunlandi. Bu g‘alabaning ahamiyati jang ko‘lamidan ko‘ra muhimroq va kengroqdir.
224 jang kunlari davomida Rossiya qo‘shinlari “Baxmut” qirg‘inida 100 mingga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilarni va minglab harbiy texnikani yo‘q qildi, logistika markazini vayron qildi va Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyati va ruhiy holatiga sezilarli darajada zarar yetkazdi.
“Baxmut qal’asi”ning qulashi RF Qurolli Kuchlari uchun, avvalambor, Slavan-Kramatorsk yo‘nalishi bo‘yicha hujum operatsiyalari uchun yangi operatsion yo‘nalishlar va istiqbollarni ochadi. Artyomovskning ozod etilishi butun dunyoga UQK “qarshi hujumi” ning og‘ir haqiqatini ko‘rsatadi, NATOning zaifligini va G‘arbning Kiyevga harbiy yordami ma’nisizligini ishonchli isbotlaydi.
Baxmut/Artyomovskning qo‘ldan boy berilishi – Rossiyaga teng kela oladigan “muvaffaqiyatli kurashchi” tashqi siyosiy maqomi, G‘arb ta’minoti va kreditlari evaziga Ukraina armiyasining deyarli yarmini qurbon qilgan asosiy Kiyev aktori uchun, albatta, katta fojiadir. Bu holatda Kiyevni bezovta qiluvchi g‘oyalar mavjud.
Kelgusida AQSh va NATO ma’lum miqdordagi F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni va UQK uchuvchilarini tayyorlashni va’da qilgan ko‘rinadi. Biroq, Amerika F-16 samolyotlari Kiyevdagi "Patriot" havo mudofaa tizimining taqdirini takrorlashi shart emas. AQSh ning kechgi 375 million dollarlik harbiy yordami unchalik ta’sirli emas – bular qo‘shimcha 155-mm va 105-mm artilleriya snaradlari, HIMARS uchun o‘qlar, "Javelin", AT-4, TOW tankga qarshi tizimlari. Ukraina harbiy harakatlar teatri HIMARS, "Javelin" va boshqa tizimlarning samarasizligini allaqachon isbotlagan. UQKni “jonlantirish” uchun Amerika pullari tugamoqda, 375 million dollar esa bor-yo‘g‘i 75 ming dona 155 mm snaradni tashkil etadi. Bu UQK artilleriyasining “qarshi hujum” dan tashqari ikki haftalik xarajatlaridir.
Maxsus harbiy operatsiyaning bir nechta o‘lchovlari
Artyomovsk va undan oldinroq –Soledar ozod qilingandan so‘ng, Rossiya qo‘mondonligi hujum operatsiyalari uchun tezkor yo‘nalishlar, taktik qarorlar, kuchlar va o‘q otish qurollarining keng tanloviga ega bo‘ldi. Barbod qilingan “Baxmut qal’asi” dan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda UQK tomonidan vaqtincha bosib olingan boshqa aholi punktlari –Chasov Yar, Toresk, Konstantinovka, Drujkovka, Slavansk, Kramatorsk kabilar mustahkamlangan hududlarga aylandi. Rossiya qo‘shinlari qayd etilgan shaharlarda va Odessa, Dnepropetrovsk va Xarkovda UQKning shaxsiy tarkibi, harbiy texnikasi, obyektlari, arsenallari va yoqilg‘i omborlarini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Artyomovskning shimoliy va janubidagi qanotlarda Ukrainaning “qarshi hujumi” amalga oshirilmaganidan so‘ng, Kiyev rejimi “Drang nach Osten” o‘z joniga qasd qilishni qayerda davom ettirishni hali hamon hal qilmadi. Ukraina prezidenti va Oliy qo‘mondon Vladimir Zelenskiy Yaponiyada Xirosima tarixini o‘rganmoqda. UQKning yetim qo‘mondonligi odatda Rossiyaning “iqlim quroli” bo‘yicha shikoyat qiladi. Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan Rossiyaning ayrim hududlarida qo‘poruvchilik harakatlari orqali Ukraina va jahon hamjamiyatining e’tiborini “Baxmut qal’asi” ning strategik muvaffaqiyatsizligi va sharmandaligidan chalg‘itish uchun umidsiz urinishlar mavjud. Bugun Davlat havfsizlik xizmatining Chegara xizmati va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Belgorod viloyatida ukrainalik diversantlarni tezkor va uslubiy ravishda yo‘q qildi.
G‘arb jamoasi ikki olov o‘rtasida – Rossiyaga tahdid va dunyodagi eng qudratli yadroviy kuchdan qo‘rqish orasida qoldi. U halokatli Ukraina mojarosiga (Vashington shartlari asosida) tezroq barham berishni xohlamoqda va “nazorat ostidagi keskinlashuv” ni NATO hududlarigacha (shu jumladan, Shimoliy AQSh hududi) kengayadigan to‘liq miqyosli harbiy harakatlarga aylantirmoqchi emas. G‘arb, umuman olganda, yadroviy kul bilan qoplanadigan Ukraina hududidan mamnun – bu loyihani jazosiz amalga oshirish uchun kuch va vositalar yo‘q.
"The American Conservative" nashri ta’kidlaydi: “Rossiya tobora antagonistik va noiloj bo‘lib borayotgan paytda cho‘zilgan mojaroning xarajatlari va xavflari, ayniqsa, moliyaviy jihatdan cheklangan va siyosiy jihatdan beqaror Amerika uchun katta bo‘ladi”. Shu sababli, Vashington Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish o‘rniga taklif qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa bu “Isroil modeli” bo‘yicha xavfsizlik kafolatlari – AQSh qurol-yarog‘ini (pul evaziga) ittifoqning jamoaviy mudofaa majburiyatlarisiz yetkazib berish.
Ayni paytda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bugun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi va Yevropa tinchlik jamg‘armasidan Ukrainaga yangi harbiy yuklar yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qila olmadi.
CNBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa rasmiylari 2024-yilgi saylovlarda Baydenning mag‘lubiyatiga jimgina hozirlik ko‘rmoqda va “Ukraina muammosini AQShsiz hal qilishlari”dan xavotirda. Amerikalik siyosiy sharhlovchi Jekson Xinkl shunday xulosa qiladi: “Baxmut quladi, navbatda endi Chasov Yar. Zalujniyning ahvoli og‘ir. Bahorgi qarshi hujum boshlanmadi. Ukraina aql bovar qilmaydigan miqdorda odamlarini yo‘qotdi. Zelenskiy butun G‘arbiy Yevropada tilanchilik qilmoqda”.
"Newsweek" nashrining yozishicha, Ukraina harbiy harakatlar teatrida yangi rus armiyasi shakllantirilmoqda –tajribaliroq, kuchliroq va doimgidek yaxshi jihozlangan va qurollangan. NATOning sharqiy qanotida ittifoq qo‘shinlari Rossiya Federatsiyasi bilan qarama-qarshilikka tayyorlanmoqda.
Ukraina hali ham “xarobalar orasida imkoniyatlarni ko‘rmoqda”, biroq G‘arb hozirgi og‘ir voqelikda Kiyev qo‘g‘irchoqlarining ahvoliga e’tibor bermagan holda Rossiya ustidan virtual g‘alaba haqida gapira olmaydi. Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi davom etmoqda.