https://oz.sputniknews.uz/20230522/volodin-polshani-iqtisodiy-jazolashni-taklif-qildi-35212974.html
Volodin tarixni unutgan Polshani iqtisodiy jazolashni taklif qildi
Volodin tarixni unutgan Polshani iqtisodiy jazolashni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Volodin tarixni unutgan Polshani iqtisodiy jazolashni taklif qildi
2023-05-22T19:15+0500
2023-05-22T19:15+0500
2023-05-22T19:15+0500
rossiya
polsha
vacheslav volodin
ikkinchi jahon urushi
germaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34479635_0:74:2425:1438_1920x0_80_0_0_7bba601960575b4a974930c61045f67d.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Dushanba kuni Rossiya Dumasi kengashi Polshaga qarshi iqtisodiy chora-tadbirlar, jumladan, Polsha yuk avtomobillarining Rossiya hududi orqali tranzitini ta’qiqlash masalasini ko‘rib chiqadi. Ushbu ta’qiq kuchga kirgan taqdirda Polsha taxminin 8,5 milliard yevro zarar ko‘radi. Bu haqida Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan. Volodin bugungi Polsha davlati faqat Rossiya sharofati bilan mavjud ekanligini eslatib o‘tdi. Biroq Polsha o‘z tarixini inkor qilgan holda uni Germaniyadan ozod qilgan Sovet askarlari yodgorliklarni buzib tashlamoqda, rus maktablarini yopib tashlamoqda va bu bilan o‘z "tarixini rad etmoqda".Vaholanki, SSSR Ikkinchi jahon urushidan keyin Polshani tiklash va rivojlantirish maqsadida 800 dan ortiq sanoat, energetika va transport obyektlarini qurgan va buning uchun (bugungi hisob-kitoblarga ko‘ra) 750 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Polsha Ikkinchi jahon urushi yillarida Polshani ozod qilish vaqti qurbon bo‘lgan sovet askarlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzib tashladi. Bir necha kun oldin esa Varshavadagi Rossiya elchixonasi tasarrufida bo‘lgan rus maktabi binosini egallab oldi. Shuningdek, Polsha Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan 1,3 trillion dollarga yaqin reparatsiya talab qilmoqda. Ushbu davlat rahbariyati so‘zlariga ko‘ra, Germaniya bilan muvaffaqiyatga erishilganidan so‘ng, ular Rossiyadan ham reparatsiya talab qilishni rejalashtirgan. Germaniya va Rossiya amaldorlari Polshaning ushbu talablarini "siyosiy fantaziya"lar deb atashmoqda.
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34479635_0:57:2305:1786_1920x0_80_0_0_d88cec2ed3821fb3c89988f05fb9f561.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
volodin polsha iqtisodiy jazo ikkinchi jahon urushi germaniya reparatsii
volodin polsha iqtisodiy jazo ikkinchi jahon urushi germaniya reparatsii
Volodin tarixni unutgan Polshani iqtisodiy jazolashni taklif qildi
Dumaning shoshilinch kengashi dushanba kuni Polshaga qarshi choralarni ko‘rib chiqadi. Ular qabul qilingan taqdirda Polsha jiddiy iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Dushanba kuni Rossiya Dumasi kengashi Polshaga qarshi iqtisodiy chora-tadbirlar, jumladan, Polsha yuk avtomobillarining Rossiya hududi orqali tranzitini ta’qiqlash masalasini ko‘rib chiqadi. Ushbu ta’qiq kuchga kirgan taqdirda Polsha taxminin 8,5 milliard yevro zarar ko‘radi. Bu haqida Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi. RIA Novosti
xabariga asosan.
"Bugungi kunda Polshaga Rossiyadan foyda olishni taqiqlash to‘g‘ri bo‘lardi: Polsha yuk mashinalarining mamlakatimiz hududi orqali o‘tishini to‘xtatish, ulash tashiyotgan tranzit yuklarni Rossiya yuk mashinalariga qayta yuklash kerak. Bunda bizning fuqarolarimiz transportdan pul ishlab oladi, Polsha esa esa taxminan 8,5 milliard yevro zarar ko‘rishi mumkin”, - deb yozdi Vacheslav Volodin o‘zining telegram-kanalida.
Volodin bugungi Polsha davlati faqat Rossiya sharofati bilan mavjud ekanligini eslatib o‘tdi. Biroq Polsha o‘z tarixini inkor qilgan holda uni Germaniyadan ozod qilgan Sovet askarlari yodgorliklarni buzib tashlamoqda, rus maktablarini yopib tashlamoqda va bu bilan o‘z "tarixini rad etmoqda".
Vaholanki, SSSR Ikkinchi jahon urushidan keyin Polshani tiklash va rivojlantirish maqsadida 800 dan ortiq sanoat, energetika va transport obyektlarini qurgan va buning uchun (bugungi hisob-kitoblarga ko‘ra) 750 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
"Umumiy tarixdan voz kechib, askar va ofitserlarimiz xotirasini tahqirlab, Polsha Ikkinchi jahon urushi natijasida qo‘lga kiritilgan hududlarni qaytarib berishi va mamlakatimizga urush va urushdan keyingi yillarda sarflangan mablag‘larni qoplashi kerak", - dedi Volodin.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Polsha Ikkinchi jahon urushi yillarida Polshani ozod qilish vaqti qurbon bo‘lgan sovet askarlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzib tashladi. Bir necha kun oldin esa Varshavadagi Rossiya elchixonasi tasarrufida bo‘lgan rus maktabi binosini egallab oldi.
Shuningdek, Polsha Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan 1,3 trillion dollarga yaqin reparatsiya talab qilmoqda. Ushbu davlat rahbariyati so‘zlariga ko‘ra, Germaniya bilan muvaffaqiyatga erishilganidan so‘ng, ular Rossiyadan ham reparatsiya talab qilishni rejalashtirgan. Germaniya va Rossiya amaldorlari Polshaning ushbu talablarini "siyosiy fantaziya"lar deb atashmoqda.