Rabkov: Rossiya Qrimga nisbatan tahdidning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘lini topadi

© Sputnik / Vladimir TrefilovZamestitel ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii Sergey Rabkov
Zamestitel ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii Sergey Rabkov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari AQShning navbatdagi o‘z bayonotlariga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Qrim – Rossiya Federatsiyasining bir qismi, Rossiya unga nisbatan tahdidlarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik usulini topadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov ma’lum qildi.
Rabkovning ta’kidlashicha, AQSh o‘z bayonotlari bilan ma’suliyatsiz va vaziyatni keskinlashtirish yo‘nalishini namoyish etmoqda.
“Qrim – Rossiya Federatsiyasining ajralmas bir qismi. Buni boshqacha qilib ko‘rsatish, tahdid qilish, bularning barini shubha ostiga qo‘yishga bo‘lgan urinishlar – bu Vashingtonning mas’uliyatsiz, vaziyatni keskinlashtirishga qaratilgan yo‘nalishining galdagi tasdig‘i. Biz bunga o‘xshash tahdidlarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik usulini topamiz. Rossiyaning hududiy yaxlitligi, uning xavfsizligi singari ishonchli tarzda ta’minlanishiga shubha yo‘q”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Qrim 2014-yili Ukrainadagi davlat to‘ntarishlaridan so‘ng o‘tkazilgan referendumlar natijasiga ko‘ra Rossiya hududiga aylangan. Referendumda Qrimdagi 96,77 % , Sevastopoldagi 95,6 % aholi hududning Rossiya tarkibiga o‘tkazilishini so‘ragan. Ukraina avvalgidek Qrimni o‘ziniki deb biladi. Rossiya hukumati bir necha marotaba Qrim aholisi demokratik yo‘l bilan, xalqaro huquq va BMT Nizomiga ko‘ra Rossiyaga qo‘shilish haqida ovoz berganliklarini ta’kidlagan. Rossiya prezidentining aytishicha, Qrim masalasi “batamom yopilgan”.
Yangiliklar lentasi
0