O‘zbekiston velopoygachilari xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta Uzbekskie velosipedisti stali pervimi v obshem zachete mejdunarodnix sorevnovaniy
Uzbekskie velosipedisti stali pervimi v obshem zachete mejdunarodnix sorevnovaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
Umumjamoa bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Joriy yilning 17-20 may kunlari Eronda “Tour of Marand” xalqaro ko‘p kunlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston terma jamoasi velosipedchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lum qildi.
To‘rt bosqichda bo‘lib o‘tgan musobaqalar natijasiga ko‘ra, birinchi bosqichda:
1-o‘rin Svetkov Nikita;
2-o‘rin Taxirov Diyor.
Ikkinchi bosqichda:
1-o‘rin Svetkov Nikita.
Uchinchi bosqichda:
1-o‘rin Svetkov Nikita;
3-o‘rin Taxirov Diyor.
To‘rtinchi bosqichda:
jamoa a’zolari kuchli o‘nlikda yakunlashdi.
Umumiy hisobda 4 bosqichli musobaqa yakuni bo‘yicha terma jamoa a’zosi Svetkov Nikita mutlaq g‘olib deb topildi. Taxirov Diyor ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0