Mo‘ynoqda xalqaro “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalari o‘tkaziladi

© Ministerstvo kulturi i turizmaV Muynakskom rayone proydut mejdunarodnie ekstremalnie avtomobilnie sorevnovaniya "Rally Muynak"
V Muynakskom rayone proydut mejdunarodnie ekstremalnie avtomobilnie sorevnovaniya Rally Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
Ushbu musobaqada 40 dan ziyod avtomobil, 20 dan ziyod motosikl va 10 dan ziyod baggilarda umumiy hisobda 150 ga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Joriy yilning 25-28 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida xalqaro “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qildi.
Musobaqa, nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki O‘zbekiston miqyosidagi ko‘pgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi. Ushbu musobaqada 40 dan ziyod avtomobil, 20 dan ziyod motosikl va 10 dan ziyod baggilarda umumiy hisobda 150 ga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, turistlarni Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan sayohat safarini uzaytirish maqsadida bu yilgi tadbir jarayonlari 4 kun davom etadi. Kunduzgi vaqtlari sport avtomobillari, baggi va motosikllarda ekstremal musobaqalar, mahoratli oshpazlarning gastronomik tomoshalari bo‘lib o‘tadi, kechqurun mashhur didjeylarning elektron musiqiy konsert dasturlari tashkillashtiriladi.
Musobaqa trassasining umumiy uzunligi 425 kilometr bo‘lib, ushbu masofaning aksariyat qismi Usturt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubidagi ekstremal (yo‘lsiz) hududlardan iborat. Motokross va avtokross musobaqalari esa maxsus trassada o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0