Maxsus operatsiya: 22-mayning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishUnichtojenniy avtomobil v Artemovske
Unichtojenniy avtomobil v Artemovske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya rejalari va maqsadlariga muvofiq Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan eng muhim voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

O‘tgan tunda Rossiya Qurolli Kuchlari Dnepr aerodromidagi obyektlarga uzoq masofadan aniq zarba beruvchi qurollar yordamida zarba berdi. Zarba natijasida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan jihozlangan omborlar, aviatsiya texnikasi, shuningdek, raketalarni sozlash texni stansiyasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Masutovka, Sinkovka, Kotlyarovka va Kraxmalnoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 50dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita avtomashinasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xarkov viloyatining Timkovka, Ivanovka va Kislovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta diversiya-razvedka guruhi harakatlari to‘xtatildi.
LXRning Stelmaxovka aholi punkti yaqinida 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrova va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 55 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashinasm, shuningdek, "Msta-B" va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Donetsk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol harakatlari, havo hujumlari va artilleriya zarbalari natijasida kun davomida 270 nafargacha UQK harbiylari, to‘rtta zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, bitta D-20 gaubitsasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Shevchenko, Marfopol, Malaya Tokmachka va Zaporoje viloyatining Nesteranka aholi punktlari hududlarida dushmanning 150 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita pikapi va ikkita D-30 gaubitsalarini yo‘q qildi.
DXRning Novodonetskoe aholi punkti hududida Ukraina diversion-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Zaporoje viloyatining Orexov shahri yaqinida Ukraina Qurolli Kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilingan.
Xerson yo‘nalishida kun davomida sodir bo‘lgan janglar natijasida 20 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatch, to‘rtta avtomobil, bitta "Giatsint-B" to‘pi va Msta-B gaubitsasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Stanislav qishlog‘i yaqinida 123-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi va artilleriyasi kun davomida 107ta pozitsiyalarda joylashgan UQK 98- artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Lozovoe aholi punkti hududida UQKning Mi-8 vertoloti urib tushirildi.
O‘tgan kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS ko‘p raketali tizimining beshta raketasi tutib olindi.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari DXRning Kremenes, Peski, Aleksandrovka, Veselee, Sladkaya Balka, Marfopol, Zaporijjya viloyati, Xerson viloyatining Sergeevka va Lyubimovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 17 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 428 ta samolyot, 235 ta vertolot, 4262 ta uchuvchisiz uchish apparati, 424 ta zenit-raketa majmuasi, 9257 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1100 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 4881 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 10379 dona maxsus harbiy mashinalar.
Yangiliklar lentasi
0