Lavrov va Saidov muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasiga e’tibor qaratadi

© Unsplash / Ivan HenaoRabochiy na stroyke
Rabochiy na stroyke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Moskvadagi muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasiga e’tibor qaratadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Baxtiyor Saidov Moskvadagi muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi masalalariga e’tibor qaratadi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga Rossiya TIV axborot va matbuot departamentida.
Migratsiya masalalariga oid eng so‘nggi yangiliklar - Telegram-kanalimizda, obuna bo‘ling va kuzatib boring.
"Muzokaralar chog‘ida vazirlar mehnat migratsiyasi masalalariga e’tibor qaratadi. 2,5 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada turli sohalarda ishlamoqda", — deyilgan TIV xabarida.
TIVning bayonotiga ko‘ra, 2022-yil 4-iyunda “Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish tartibi to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitimning kuchga kirishi va Rossiya Federatsiyasi hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, tomonlarning har birining fuqarolari kirgan kundan boshlab 15 kun ichida ro‘yxatga olish (yashash joyi bo‘yicha hisobga olish) majburiyatidan ozod etilishi migrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.
O‘tgan haftada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 21-22 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskvada bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0