https://oz.sputniknews.uz/20230522/lavrov-saidov-ukraina-inqirozi-muhokama-35216306.html
Lavrov Saidov bilan Ukraina inqirozini muhokama qildi
Lavrov Saidov bilan Ukraina inqirozini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Saidov va Lavrov Ukrainadagi vaziyat hamda xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
2023-05-22T20:17+0500
2023-05-22T20:17+0500
2023-05-22T20:18+0500
siyosat
rossiya
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
sergey lavrov
baxtiyor saidov
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/16/35209748_0:0:2795:1572_1920x0_80_0_0_fad0e641aebee560bf95de2477d516bb.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqida Rossiya TIVga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.Vazirlik ma’lum qilishicha, Moskvadagi uchrashuvda vazirlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga doir qator masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarni muhokama qilgan.Bundan tashqari, vazirlar MDH, ShHT va YeOII doirasidagi o‘zraro pozitsiyalarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, vazirlar Afg‘onistondagi vaziyat va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rib chiqdilar.O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berdi. Rossiya tomoni ushbu muhim siyosiy tadbirni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va uni Rossiya hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘tkazishda tashkiliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
o‘zbekiston
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/16/35209748_274:0:2770:1872_1920x0_80_0_0_a850be24f1ca4f5f1b20dd2ff947e8da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saidov lavrov rossiya o‘zbekiston ukraina hamkorlik muhokama
saidov lavrov rossiya o‘zbekiston ukraina hamkorlik muhokama
Lavrov Saidov bilan Ukraina inqirozini muhokama qildi
20:17 22.05.2023 (yangilandi: 20:18 22.05.2023) Saidov va Lavrov Ukrainadagi vaziya hamda xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqida Rossiya TIVga asoslanib RIA Novosti
xabar berdi.
Vazirlik ma’lum qilishicha, Moskvadagi uchrashuvda vazirlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga doir qator masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarni muhokama qilgan.
“Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari muhokama qilinar ekan, Lavrov Ukrainadagi mavjud vaziyat va maxsus harbiy operatsiyaning borishi haqida Rossiya nuqtayi nazarini bildirdi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Bundan tashqari, vazirlar MDH, ShHT va YeOII doirasidagi o‘zraro pozitsiyalarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, vazirlar Afg‘onistondagi vaziyat va mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berdi. Rossiya tomoni ushbu muhim siyosiy tadbirni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va uni Rossiya hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘tkazishda tashkiliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.