https://oz.sputniknews.uz/20230522/abiturient-2023-onlayn-hujjat-topshirish-tartibi-qanday--yoriqnoma-35210895.html
Abituriyent 2023: onlayn hujjat topshirish tartibi qanday — yo‘riqnoma
Abituriyent 2023: onlayn hujjat topshirish tartibi qanday — yo‘riqnoma
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oliygohlariga kirish imtihonlari uchun hujjat qabul qilish 20-iyundan boshlanadi. Qabul sanalari, hujjatlar ro‘yxati va boshqa kerakli ma’lumotlar.
2023-05-22T17:30+0500
2023-05-22T17:30+0500
2023-05-23T15:58+0500
abituriyent — 2023
abituriyent
otm
qabul komissiyasi
onlayn anketa
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/85/5908526_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_a65705b509c7f1a277505bb18df8e75a.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston oliygohlariga 2023/2024 o‘quv mavsumi uchun qabul boshlanish arafasida Sputnik O‘zbekiston o‘qishga hujjat topshirish va yangi imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot beradi.Hujjat topshirish tartibi qanday Bakalavriatga onlayn hujjat topshirish — my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi. Dastlab ro‘yxatdan o‘tish oynasiga telefon raqam, parol, takroriy parol va arifmetik ifodaning qiymati kiritilib, “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng abituriyentning raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Undagi 5 xonali kod dasturga kiritilib, telefon raqam tasdiqlanadi.Shundan so‘ng “Doimiy yashash manzili” oynasiga o‘tilib, pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan manzil kiritiladi. “Tugatgan ta’lim muassasi oynasidan abituriyent tamomlagan hudud, muassasa turi, nomi va tugatgan yili tanlanib, hujjat (diplom yoki attestatsiya) seriyasi va raqami yoziladi. Agar abituriyentning tugatgan ta’lim muassasi dasturda mavjud bo‘lmasa, muassasa turidan “Boshqa o‘quv yurti” tanlanib, muassasa nomi yozma kiritiladi.Keyin “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi. Agar abituriyentda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, “Chet tili sertifikati” bo‘limiga kirib, ma’lumotlar kiritiladi.Abituriyentda boshqa imtiyozlar mavjud bo‘lsa, bular tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldirilgan bo‘ladi. Agar imtiyozlar chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan tashkilotga murojaat qilishi kerak.Agar abituriyentda umumta’lim fanlaridan sertifikat mavjud bo‘lsa, undan foydalanishni tasdiqlashi yoki rad etishi lozim. Shuningdek, abituriyent tanlov ustuvorligi va maqsadli qabul bo‘yicha ham o‘z tanlovini amalga oshiradi.So‘ngra quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:Shundan so‘ng abituriyentga fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini barcha ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati beriladi. Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bitta OTM yoki turli OTMlar doirasida tanlash mumkin. Agar abituriyent tanlagan yo‘nalishlarining fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa, tegishli til ham tanlanishi kerak.Keyin ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Undagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent qayd varaqasi shakllanadi. Varaqada abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari, tanlagan ta’lim yo‘nalishlari, test topshiriladigan fanlar, test topshirish hududi, imtiyozlari, eslatma va ro‘yxatga olingan vaqt aks etgan bo‘ladi. “Yuklab olish” tugmasi orqali qayd varaqasini yuklab olish mumkin.Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagungacha o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Qayd varaqasining quyi qismida test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘lganlarga invoys hosil bo‘ladi. To‘lovni amalga oshirish bilan ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlanadi. To‘lovni bir nechta elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar, to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar, “Ijtimoiy himoya yagon reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar va ta’lim muassasalarini joriy yilda tugatgan abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/85/5908526_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_488759f1e4821d1c1cf9b57e92ffd0be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston oliygoh kirish imtihonlari hujjat qabul qilish 20 inyunda qabul sanalari, hujjatlar ro‘yxati va boshqa kerakli maʼlumotlar o‘zbekiston oliygoh kirish imtihonlari hujjat qabul qilish 20 inyunda qabul sanalari, hujjatlar ro‘yxati va boshqa kerakli ma’lumotlar 2023
o‘zbekiston oliygoh kirish imtihonlari hujjat qabul qilish 20 inyunda qabul sanalari, hujjatlar ro‘yxati va boshqa kerakli maʼlumotlar o‘zbekiston oliygoh kirish imtihonlari hujjat qabul qilish 20 inyunda qabul sanalari, hujjatlar ro‘yxati va boshqa kerakli ma’lumotlar 2023
Abituriyent 2023: onlayn hujjat topshirish tartibi qanday — yo‘riqnoma
17:30 22.05.2023 (yangilandi: 15:58 23.05.2023) Bir necha oydan so‘ng O‘zbekiston oliygohlariga kirish imtihonlari boshlanadi. 2023-yilga qabul sanalari, hujjatlar ro‘yxati va boshqa kerakli ma’lumotlar Sputnik maqolasida.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston oliygohlariga 2023/2024 o‘quv mavsumi uchun qabul boshlanish arafasida Sputnik O‘zbekiston o‘qishga hujjat topshirish va yangi imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.
Hujjat topshirish tartibi qanday
Bakalavriatga onlayn hujjat topshirish — my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi. Dastlab ro‘yxatdan o‘tish oynasiga telefon raqam, parol, takroriy parol va arifmetik ifodaning qiymati kiritilib, “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng abituriyentning raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Undagi 5 xonali kod dasturga kiritilib, telefon raqam tasdiqlanadi.
Pasport ma’lumotlarini kiritish oynasiga abituriyentning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami kiritiladi. So‘ngra shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilib, “Saqlash” tugmasi bosiladi.
Shundan so‘ng “Doimiy yashash manzili” oynasiga o‘tilib, pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan manzil kiritiladi. “Tugatgan ta’lim muassasi oynasidan abituriyent tamomlagan hudud, muassasa turi, nomi va tugatgan yili tanlanib, hujjat (diplom yoki attestatsiya) seriyasi va raqami yoziladi. Agar abituriyentning tugatgan ta’lim muassasi dasturda mavjud bo‘lmasa, muassasa turidan “Boshqa o‘quv yurti” tanlanib, muassasa nomi yozma kiritiladi.
Keyin “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi. Agar abituriyentda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, “Chet tili sertifikati” bo‘limiga kirib, ma’lumotlar kiritiladi.
Abituriyentda boshqa imtiyozlar mavjud bo‘lsa, bular tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldirilgan bo‘ladi. Agar imtiyozlar chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan tashkilotga murojaat qilishi kerak.
Agar abituriyentda umumta’lim fanlaridan sertifikat mavjud bo‘lsa, undan foydalanishni tasdiqlashi yoki rad etishi lozim. Shuningdek, abituriyent tanlov ustuvorligi va maqsadli qabul bo‘yicha ham o‘z tanlovini amalga oshiradi.
So‘ngra quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Test topshirish alifbosi;
Shundan so‘ng abituriyentga fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini barcha ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati beriladi. Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bitta OTM yoki turli OTMlar doirasida tanlash mumkin. Agar abituriyent tanlagan yo‘nalishlarining fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa, tegishli til ham tanlanishi kerak.
Keyin ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Undagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent qayd varaqasi shakllanadi. Varaqada abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari, tanlagan ta’lim yo‘nalishlari, test topshiriladigan fanlar, test topshirish hududi, imtiyozlari, eslatma va ro‘yxatga olingan vaqt aks etgan bo‘ladi. “Yuklab olish” tugmasi orqali qayd varaqasini yuklab olish mumkin.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagungacha o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Qayd varaqasining quyi qismida test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘lganlarga invoys hosil bo‘ladi. To‘lovni amalga oshirish bilan ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlanadi. To‘lovni bir nechta elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.
Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar, to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar, “Ijtimoiy himoya yagon reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar va ta’lim muassasalarini joriy yilda tugatgan abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi.