O‘zbekistonga 4 oyda nechta turist kelgan?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi u krepostnoy steni Sitadeli Ark v istoricheskoy chasti Buxari.
Turisti u krepostnoy steni Sitadeli Ark v istoricheskoy chasti Buxari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2023
Obuna bo‘lish
To‘rt oyda eng ko‘p Tojikiston fuqarolari (623,8 ming nafar) turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
4 oyda eng ko‘p Tojikiston fuqarolari (623,8 ming nafar) turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Shuningdek, Qozog‘istondan 558,8 ming nafar, Qirg‘iz Respublikasidan 487,7 ming nafar, Rossiyadan 207,7 ming nafar, Turkiyadan 29,7 ming nafar, Turkmanistondan 14,2 ming nafar, Janubiy Koreyadan 9,2 ming nafar, Hindistondan 8,3 ming nafar, Xitoydan 6,3 ming nafar, Germaniyadan 5,7 ming nafar fuqarolar turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan.
Yangiliklar lentasi
0