O‘zbekistonda “Rossiya fasllari” start oldi
20:15 21.05.2023 (yangilandi: 20:52 21.05.2023)
V Uzbekistane startovali “Russkie sezoni”
Obuna bo‘lish
“Rossiya fasllari” rus san’ati va madaniyati festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida “Rossiya fasllari” rus san’ati va madaniyati festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Loyihaning keng ko‘lamli dasturi doirasida yil davomida turli formatdagi 20 dan ortiq tadbirlar: konsertlar, spektakllar, mahorat darslari, filmlar namoyishi rejalashtirilgan.
21-22 may kunlari o‘zbek tomoshabinlariga Nikita Mixalkov boshchiligidagi Teatr va kino markazi tomonidan 2021-yil aprel oyida Moskvadagi Katta teatrning tarixiy sahnasida premyerasi bo‘lgan “12” spektakli taqdim etiladi.
Ochilishda Rossiya xalq artistlari Nikita Mixalkov, Nikolay Burlyayev, Sergey Stepanchenko, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Vladimir Dolinskiy, aktorlar Giya Peradze, Igor Sergeyev, Sergey Radchenko, Aleksandr Vedmenskiy, Vladimir Kochetkov, Aleksandr Kijayev, Anton Romm, Yevgeniy Dubovskiy, Pavel Ilin, Ramiz Kalbiyev va “AMSABZ” bolalar ansambli yosh ijodkorlari ishtirok etdi.
“Rossiya fasllari” festivali xorijiy tomoshabinlarni rus madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish imkonini beradi. Loyiha Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida amalga oshiriladi. U ijodiy jamoalarning gastrol safarlari, mamlakatning eng yirik muzeylari ko‘rgazmalarini o‘z ichiga oladi. Ularni rus filmlari premyeralari, muz shoulari va boshqa aksiyalar to‘ldiradi.