Futbol: O‘zbekiston Argentinaga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi

© UFAO‘zbekiston Argentinaga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi
O‘zbekiston Argentinaga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuv 2:1 hisobida Argentina foydasiga hal bo‘ldi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston U-20 terma jamoa a’zolari Argentinaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv 2:1 hisobida Argentina foydasiga hal bo‘ldi.
Gollarga Mahmud Mahamadjonov, Alexo Veliz, Valentin Karboni mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari Argentinadan tashqari, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalari bilan ham to‘p suradi. Turnirning guruh bosqichida jami 24 davlatdan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi. Birinchi bosqichda respublika terma jamoasi Argentina, Gvatemala va Yangi Zelandiyadan kelgan raqiblar bilan kuch sinashadi. Guruh o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 16 nafar eng yaxshi jamoa chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Yangiliklar lentasi
0