Toshkentning qator hududlarida issiq suv o‘chiriladi — manzillar
© Sputnik / Aleksey Malgavko
/ Obuna bo‘lish
Poytaxtning Mirobod tumanida 388ta iste’molchilar issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Toshkentning qator hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bu haqda Mirobod tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi D-600 mm katta suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 22-may kuni soat 9.00dan 23-may soat 20.00gacha Mirobod tumanidagi bir qator manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.
Tumandagi qo‘yidagi ko‘chalarda issiq suv o‘chiriladi:
Mirobod RU-1; Nukus ko‘chasi, 1-pr. Katta Mirobod, 7-tor Mironshoh, Avliyoota ko‘chasi, Gospital dahasi, Mirobod, Katta Mirobod, Avliyoota-Nukus, Afrosiyob-Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, A.Temur, 1-tupik Nukus, Istiqbol, Shaxrisabz, T.Shevchenko, Fidokor, Afrosiyob, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshog‘och, G.Aliyev, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon, I.Karimov ko‘chalari.
Jami 388ta iste’molchilar issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi.