https://oz.sputniknews.uz/20230520/ozbekiston-toshkent-2025-osiyo-oyinlari-qozon-35152784.html
O‘zbekiston “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda Qozon tajribasini o‘rganadi
O‘zbekiston “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda Qozon tajribasini o‘rganadi
Sputnik O‘zbekiston
KazanExpo forumida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi.
2023-05-20T07:58+0500
2023-05-20T07:58+0500
2023-05-20T07:58+0500
sport
rossiya
tatariston
o‘zbekiston
adham ikramov
rossiya — islom olami: kazanforum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/14/35152158_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_68488874047c76300c6967db42c09a11.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda Qozon tajribasini o‘rganadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi KazanExpo 2023” forumida ishtirok etdi. Tadbir doirasida mintaqada sport yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov, Rossiya Sport vaziri Oleg Matitsin bilan uchrashib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sport sohasida yangi rejalarni ko‘rib chiqishdi.Mutasaddilar uchrashuv davomida kelgusi musobaqalarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoalar ishtirokida qo‘shma yig‘inlar o‘tkazish haqida fikr almashishdi.Shuningdek, suhbatda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda Qozon tajribasini o‘rganish ham kun tartibidagi masalalardan joy oldi.Safar davomida Stanislav Pozdnyakov boshchiligidagi Rossiya Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda tomonlar o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, sohadagi so‘nggi yutuqlar bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha munozaralar olib borildi.
tatariston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/14/35152158_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f5a01afa0bbde1fc8cec3c72e0c68776.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya tatariston o‘zbekiston sport memorandum kazanexpo
rossiya tatariston o‘zbekiston sport memorandum kazanexpo
O‘zbekiston “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda Qozon tajribasini o‘rganadi
KazanExpo forumida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda Qozon tajribasini o‘rganadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi KazanExpo 2023” forumida ishtirok etdi. Tadbir doirasida mintaqada sport yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov, Rossiya Sport vaziri Oleg Matitsin bilan uchrashib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sport sohasida yangi rejalarni ko‘rib chiqishdi.
“Tadbir doirasida har ikki mamlakat sport vazirlarining qo‘shma komissiya yig‘ilishi ham o‘tkazilib, yakunda davlatlar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi”, deyiladi xabarda.
Mutasaddilar uchrashuv davomida kelgusi musobaqalarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoalar ishtirokida qo‘shma yig‘inlar o‘tkazish haqida fikr almashishdi.
Shuningdek, suhbatda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda Qozon tajribasini o‘rganish ham kun tartibidagi masalalardan joy oldi.
Safar davomida Stanislav Pozdnyakov boshchiligidagi Rossiya Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda tomonlar o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, sohadagi so‘nggi yutuqlar bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha munozaralar olib borildi.