O‘zbekiston — Argentina o‘yinini qayerda jonli efirda tomosha qilish mumkin?

© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaUzbekistan — Argentina
Uzbekistan — Argentina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2023
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatini U-20 terma jamoa a’zolari Argentinaga qarshi bahs bilan boshlaydi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Bugun Argentinada futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionati boshlanadi. O‘zbekiston Argentinaga qarshi 21-mayga o‘tar kechasi soat 02:00da maydonga tushadi.
Jahon chempionatini U-20 terma jamoa a’zolari Argentinaga qarshi bahs bilan boshlaydi.
© FIFAUzbekistan — Argentina
Uzbekistan — Argentina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2023
Uzbekistan — Argentina
O‘zbekiston Argentinaga qarshi to‘liq ko‘k libosda o‘ynaydi, darvozabon esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaUzbekistan — Argentina
Uzbekistan — Argentina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2023
Uzbekistan — Argentina
Jahon chempionatini "Uzreport" telekanali orqali jonli efirda ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, FIFA sayti orqali ham jonli efirga uzatiladi.
Uchrashuvda bosh hakam sifatida Fransua Leteksie (Fransiya) ishlaydi. Unga qanotlarda hamurtlari Siril Mune va Mehdi Rahmuni yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Janubiy Afrika) topshirilgan.
Turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari Argentinadan tashqari, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalari bilan ham to‘p suradi.
O‘yinlar jadvali:
23 may - O‘zbekiston - Yangi Zelandiya;
27 may - O‘zbekiston - Gvatemala.
Eslatib o‘tamiz, turnirning guruh bosqichida jami 24 davlatdan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi. Birinchi bosqichda respublika terma jamoasi Argentina, Gvatemala va Yangi Zelandiyadan kelgan raqiblar bilan kuch sinashadi. Guruh o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 16 nafar eng yaxshi jamoa chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Yangiliklar lentasi
0