O‘zbekistonning qator hududlarida sel kelish xavfi bor

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPogoda dojd
Pogoda dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet tog‘li hududlardagi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistonda 18-20 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, respublikaning 9 ta viloyatidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlar:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Xabarda tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0