Matviyenko Rossiya va musulmon davlatlarini nima birlashtirayotganini aytdi

© Sputnik / Press-slujba Soveta Federatsii RF / Mediabankka o‘tishValentina Matviyenko
Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiya kengashi raisi mamlakat islom dunyosi bilan hamkorlik qilishda beqiyos tajribaga ega ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiya do‘st islom mamlakatlari murakkab sharoitlarda o‘zlarini ishonchli sheriklar sifatida namoyon etayotganlarini juda qadrlaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko “Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumi qatnashchilariga yo‘llagan video murojaatida ma’lum qildi.
“Yangi ko‘p qutbli dunyo tuzilishi shakllanishining murakkab sharoitlarida do‘st islom mamlakatlari o‘zlarini Rossiyaning ishonchli sheriklari sifatida namoyish etishmoqda. Biz buni juda qadrlaymiz. Rossiya va musulmon davlatlarini, Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlarini xalqaro ishlardagi ochiq va to‘g‘ri pozitsiya, xalqaro huquqning harfi va ruhiga sodiqlik, dunyoni adolatli ko‘rish ishtiyoqi birlashtiradi”, - dedi Matviyenko.
Uning fikricha, dunyo iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimi an’anaviy qadriyatlarni inobatga olib, haqiqiy sherikchilik, davlatlarning sivilizatsiya asoslarini hurmat qilish tamoyillarida barpo qilishi lozim.
“An’anaviy qadriyatlar – bu iqtisodiy, texnologik, sanoat yutuqlarini inson va insoniyatning farovonligi uchun haqiqiy taraqqiyot yo‘liga yo‘naltirishga imkon beruvchi baza”, - dedi Federatsiya kengashi raisi.
Matviyenko forum nufuzli maydonga aylanganini ta’kidladi. Forum 2023-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan yangi maqom olgan – federal darajasidagi xalqaro iqtisodiy tadbir. Siyosatchi forumning bu maqomni oqlash, yangi sifatli darajaga chiqish va yanada muvaffaqiyatli bo‘lish uchun barcha asoslari mavjud deb hisoblaydi.
“Rossiya islom dunyosi bilan hamkorlik qilishda beqiyos tajribaga ega. Mamlakat hamda bizni umumiy tarix birlashtiruvchi ko‘plab MDH mamlakatlari aholisining katta qismi azaldan islomga e’tiqod qilib keladi”, - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0