O‘zbekiston Xitoydan xavfli dorilar sotib olgani haqidagi xabar rad etildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishLekarstvennie preparati. Illyustrativnoe foto
Lekarstvennie preparati. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda 60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. SSV mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi 60 yoshdan oshgan odamlar orasida xavfli dori vositalari tarqatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xitoydan katta miqdorda dori vositalari sotib olgani, tabletka ko‘rinishidagi ushbu preparatlar O‘zbekiston bo‘ylab 60 yoshdan oshgan aholi vakillariga berilishi, ammo ular inson organizmi uchun xavfli ekani haqida xabarlar tarqalgan.
Vazirlik mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, xabarlar mutlaqo uydirma va haqiqatga zid ekanligini qayd etdi.

"Shu kunlarda mamlakatimizga Xitoy davlatidan katta miqdorda dori vositalari olib kelingani haqidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on. Odamlar orasida turli vahima va xavotir uyg‘otish maqsadida tarqatilayotgan xabarlar bo‘xton va safsatadan boshqa narsa emas”, - deyiladi xabarda.

Shu bois vazirlik aholidan bunday feyk xabarlarga ishonmaslikni, tibbiyot sohasi bilan bog‘liq eng to‘g‘ri va asosli ma’lumotlarni vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda telegramdagi sahifasi orqali olishlari mumkinligini eslatib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0