O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiya importi hajmini oshirdi

© Sputnik / Ilya NaymushinLEP
LEP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasi importi oldingi hajmlarga qaytmoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston Tojikistondan 2023-yilning may-sentabr oylarida 1 mlrd 285 mln kVt/soat elektr energiyasini import qiladi. Bu haqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" axborot xizmati xabar qildi.
12 may kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "Barqi Tochik" OAJ o‘rtasida tegishli shartnoma imzolangan.
Respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanish, maqsadida 2018-yildan boshlab Tojikistondan elektr energiyasini import qilish ishlari qayta yo‘lga qo‘yilgan.
"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" ma’lumotiga ko‘ra:
2018 yil aprel-sentabr oylarida 1,48 mlrd kVt/soat hajmda;
2019 yil aprel-oktabr oylarida 1,42 mlrd kVt/soat hajmda;
2020 yil may-sentabr oylarida 566,7 mln kVt/soat hajmda elektr energiyasi import qilingan.
"Barqi Tochik"ning 2020-yil 13-iyuldagi xatiga asosan Vaxsh darosining suvi 50 foizga kamayganligi va buning natijasida Nurek gidroelektr stansiyasi suv omborida suv sathining 2019-yilga nisbatan 10 metrga pasayganligi sababli 2020-yil 16-iyuldan boshlab O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish qisman to‘xtatilgan edi.
Shundan so‘ng 2021-yil may-sentabr oylarida 1 mlrd 143,6 mln kVt soat hajmda, 2022-yil aprel-sentabr oylarida 823,2 mln kVt soat hajmda elektr energiyasi import qilindi.
Yangiliklar lentasi
0