https://oz.sputniknews.uz/20230518/ozbekiston-qozogiston-mudofaa-vazirlari-hamkorlik-35056958.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2023-05-18T13:28+0500
2023-05-18T13:28+0500
2023-05-18T13:28+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
mudofaa vazirligi
bahodir qurbonov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35056172_0:27:1280:747_1920x0_80_0_0_cabdbffd855df8fcb10d098f56321239.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida Qurbonov mustaqillik yillarida ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona harbiy munosabatlarning faqat ijobiy tomonga siljib borayotganini ta’kidladi.Shuningdek, O‘zbekiston mudofaa vaziri ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalar ekan, o‘zaro yaqin do‘stona munosabatlar o‘zbek-qozoq aloqalarini yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarib, ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlayotganini qayd etdi.Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli takliflari bilan chiqdi.Uchrashuvdan so‘ng Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston mudofaa vaziri hamrohligida “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. U yerdagi "Shon-sharaf" muzeyi faoliyati bilan tanishdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent harbiy okrugining "Angren" dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari ishtirokidagi "Qalqon-2023" maxsus taktik-o‘quv o‘quvlari boshlangani xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35056172_125:0:1156:773_1920x0_80_0_0_c91843e65319ae1fc5ae5dc9f2c349f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qozog‘iston harbiy hamkorlik bahodir qurbonov ruslan jaqsiliqov
o‘zbekiston qozog‘iston harbiy hamkorlik bahodir qurbonov ruslan jaqsiliqov
O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida Qurbonov mustaqillik yillarida ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona harbiy munosabatlarning faqat ijobiy tomonga siljib borayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston mudofaa vaziri ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalar ekan, o‘zaro yaqin do‘stona munosabatlar o‘zbek-qozoq aloqalarini yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarib, ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlayotganini qayd etdi.
Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli takliflari bilan chiqdi.
Uchrashuvdan so‘ng Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston mudofaa vaziri hamrohligida “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. U yerdagi "Shon-sharaf" muzeyi faoliyati bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent harbiy okrugining "Angren" dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari ishtirokidagi "Qalqon-2023" maxsus taktik-o‘quv o‘quvlari boshlangani
xabar qilingan edi.