https://oz.sputniknews.uz/20230518/ozbekiston-neft-gaz-homiy-kompaniya-35065010.html
O‘zbekistonga neft va gaz sohasidagi homiy kompaniyalarning vakillari keldi
O‘zbekistonga neft va gaz sohasidagi homiy kompaniyalarning vakillari keldi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi 47 mamlakatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi va 250 ta homiy kompaniyalarni jamladi.
2023-05-18T16:02+0500
2023-05-18T16:02+0500
2023-05-18T16:02+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
neft
gaz
energetika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35065303_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_094e5302137ee6c5cc1f0c512931bb01.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistonga 47 mamlakatdan neft va gaz sohasidagi homiy kompaniyalarning vakillari tashrif buyurdi, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi. Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2023” 25-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.Ko‘rgazmada Germaniya va Rossiya kompaniyalari milliy ekspozitsiya bilan, jamoaviy stendlar tarkibida esa Italiya, Kanada, Xitoy va Koreya Respublikasi kompaniyalari ishtirok etmoqda.“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi 47 mamlakatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi va 250 ta homiy kompaniyalarni jamladi.Tadbirlar:Energetika forumida dunyoning 27 mamlakatidan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar, 500 dan ziyod delegatlar ishtirok etmoqda.Ishtirokchilar orasida “Gazprom”, “Lukoyl”, “Socar”, “Gazprombank”, “Tatneft”, “Siemens Energy”, “Huawei”, “Rosatom” kabi kompaniyalar bor.Forum doirasida III Xalqaro energetika konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sanoatni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari keng namoyish etiladi. Ko‘rgazma doirasida yoshlar seminari zonasi faoliyat yuritib, unda yosh olimlar va soha mutaxassislarining innovatsion g‘oyalari muhokamasi va taqdimotlari o‘tkaziladi.Shuningdek, yosh olimlar uchun “Yosh olimlar seminari” tashkil etiladi hamda unda barcha faol yosh olimlar tomonidan neft va gaz sanoati bo‘yicha o‘z ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha ma’ruzalar hamda olingan ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy-innovatsion ishlar ko‘rgazmasini tashkil etish imkoniyatlari beriladi.Bunga qo‘shimcha ravishda, neft va gaz sohasi bo‘yicha jamoalar o‘rtasida “Keys chempionat” ham o‘tkaziladi.Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi 19-may kuni soat 11:00 da “O‘zekspomarkaz” hududidida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro konferensiya doirasidagi texnik va panel sessiyalari 20-may kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha International Hotel Tashkent mehmonxonasining Amir Temur zalida bo‘lib o‘tadi.Tadbir 20-mayga qadar davom etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35065303_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_bad5b1d48e200593628ddccfb1446d13.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston toshkent neft gaz energetika
o‘zbekiston toshkent neft gaz energetika
O‘zbekistonga neft va gaz sohasidagi homiy kompaniyalarning vakillari keldi
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi 47 mamlakatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi va 250 ta homiy kompaniyalarni jamladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistonga 47 mamlakatdan neft va gaz sohasidagi homiy kompaniyalarning vakillari tashrif buyurdi, deya xabar berdi
Toshkent shahar hokimligi. Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2023” 25-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazmada Germaniya va Rossiya kompaniyalari milliy ekspozitsiya bilan, jamoaviy stendlar tarkibida esa Italiya, Kanada, Xitoy va Koreya Respublikasi kompaniyalari ishtirok etmoqda.
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi 47 mamlakatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi va 250 ta homiy kompaniyalarni jamladi.
25-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi;
16-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi;
“Yashil energiya tejovchi texnologiyalar – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi va 3-Xalqaro energetika anjumani.
Energetika forumida dunyoning 27 mamlakatidan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar, 500 dan ziyod delegatlar ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar orasida “Gazprom”, “Lukoyl”, “Socar”, “Gazprombank”, “Tatneft”, “Siemens Energy”, “Huawei”, “Rosatom” kabi kompaniyalar bor.
Forum doirasida III Xalqaro energetika konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sanoatni rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari keng namoyish etiladi.
Ko‘rgazma doirasida yoshlar seminari zonasi faoliyat yuritib, unda yosh olimlar va soha mutaxassislarining innovatsion g‘oyalari muhokamasi va taqdimotlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, yosh olimlar uchun “Yosh olimlar seminari” tashkil etiladi hamda unda barcha faol yosh olimlar tomonidan neft va gaz sanoati bo‘yicha o‘z ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha ma’ruzalar hamda olingan ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy-innovatsion ishlar ko‘rgazmasini tashkil etish imkoniyatlari beriladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, neft va gaz sohasi bo‘yicha jamoalar o‘rtasida “Keys chempionat” ham o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi 19-may kuni soat 11:00 da “O‘zekspomarkaz” hududidida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro konferensiya doirasidagi texnik va panel sessiyalari 20-may kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha International Hotel Tashkent mehmonxonasining Amir Temur zalida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 20-mayga qadar davom etadi.