O‘zbekiston “KazanForum”ning eng yirik ishtirokchilaridan biriga aylandi — video

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishBanneri s simvolikoy foruma "Rossiya - islamskiy mir" v Kazani.
Banneri s simvolikoy foruma Rossiya - islamskiy mir v Kazani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro forumda 100 dan ortiq ishtirokchidan iborat eng yirik delegatsiyalar O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Eron, Malayziya va Turkiyadan vakillar ishtirok etadi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumining eng yirik ishtirokchilaridan biriga aylandi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tatariston poytaxtida “Rossiya-Islom dunyosi: KazanForum” XIV xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda 100 dan ortiq ishtirokchidan iborat eng yirik delegatsiyalar O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Eron, Malayziya va Turkiyadan kelishi kutilmoqda.
© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishMontaj stenda Uzbekistana na vistavke Mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma "Rossiya - Islamskiy mir: KazanForum".
Montaj stenda Uzbekistana na vistavke Mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma Rossiya - Islamskiy mir: KazanForum.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Montaj stenda Uzbekistana na vistavke Mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma "Rossiya - Islamskiy mir: KazanForum".
Rossiyaning ta’sis subyektlari orasida eng katta delegatsiyalar Moskva, Sankt-Peterburg, Boshqirdiston Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Checheniston Respublikasi, Samara va Orenburg viloyatlari va Perm o‘lkasidan iborat.
Forumda ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining 85 mamlakati va 84 ta hududidan 7210 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
"KazanForum" 200 ga yaqin tadbirlarni, xususan, strategik sessiyalar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishGosti XIV Mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma "Rossiya - Islamskiy mir: KazanForum".
Gosti XIV Mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma Rossiya - Islamskiy mir: KazanForum.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Gosti XIV Mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma "Rossiya - Islamskiy mir: KazanForum".
Tadbirlarda Islom hamkorlik tashkiloti davlatlari yosh tadbirkorlari ishtirokida forum, "RUSSIA HALAL EXPO" 2023 xalqaro ko‘rgazmasi, shuningdek, fan va oliy ta’lim sohasida hamkorlik, shariat meyorlariga muvofiq go‘zallik va salomatlik kabi malalalar ko‘rib chiqiladi.

Forum dasturidan Rossiya va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivoji, O‘zbekistonda mavjud zamonaviy savdo formatlari kabi masalalarni ko‘rib chiqish ham joy olgan.

Forum 20-mayga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2022-yil oxirida 9,3 milliard dollarni tashkil qilib, rekord darajaga yetdi. Shu bilan birga, Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo sherigiga aylandi.
Bugungi kunga qadar respublikada Rossiya kapitali ishtirokidagi 3000 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda 20 dan ortiq erkin iqtisodiy zonalar ochilib, ularda o‘z rezidentlariga soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha zarur infratuzilma yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0