BMT Butunjahon barqaror transport kunini belgilab berdi

© Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya UzbekistanaDetskiy avtobus. Illyustrativnoe foto
Detskiy avtobus. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Obuna bo‘lish
BMT Butunjahon barqaror transport kunini e’lon qildi. Tashkilotga a’zo 67 davlat uning hammualliflari bo‘ldi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Butunjahon barqaror transport kunini 26-noyabr etib belgiladi. Bu haqda “Neýtralnyý Turkmenistan” gazetasi xabar berdi.
BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining 70-yalpi majlisida Turkmaniston tashabbusi bilan rezolyutsiya qabul qilindi, unga ko‘ra 26-noyabr Butunjahon barqaror transport kuni deya e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, hujjat bir ovozdan qabul qilindi, BMTga a’zo 67 davlat uning hammualliflari bo‘ldi.
Gazeta 26-noyabr - Butunjahon barqaror transport kuni sanasini tanlash ramziyligini ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, 2016-yilning 26-noyabr kuni Ashxobodda BMTning Barqaror transport bo‘yicha birinchi global konferensiyasi bo‘lib o‘tgan.
Nashr shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi “Jahon barqaror transport kuni” rezolyutsiyasini qabul qilishda BMT Bosh Assambleyasi 2014, 2015, 2017 va 2021-yillarda Ashxobod tashabbusi bilan qabul qilingan, transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishga sifat jihatidan yangi sur’at bag‘ishlashga mo‘ljallangan hujjatlarga to‘xtalganini qayd etdi.
Amaldagi rezolyutsiyada barcha a’zo davlatlar, BMT tizimidagi tashkilotlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati, Butunjahon barqaror transport kunini barqaror transport sohasida jamoatchilik bilimini oshirish, ekologik toza transportni rivojlantirish va boshqalarga qaratilgan ta’lim tadbirlarini o‘tkazish orqali nishonlashni taqdim etadi.
2018 yilda BMT Bosh Assambleyasi Turkmaniston tashabbusi bilan 3-iyunni Butunjahon velosiped kuni deb e’lon qilgan.
Yangiliklar lentasi
0