Yugurish marafoni tufayli Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

© SS0 / Unsplash / Will PoradaZnak stop, illyustrativnoe foto
Znak stop, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2023
Obuna bo‘lish
“Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Joriy yilning 21-may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 20-may kuni soat 10:00 dan 21-may kuni soat 11:00 gacha:
Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
21 may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:
Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha vaqtincha yopiladi.
“Haydovchilardan uzr so‘ragan holda, ularga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0