Qatarda Osiyo U-23 kubogi qachon bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi

© Foto: O‘FAFutbol bo‘yicha U-23 O‘zbekiston terma jamoasi
Futbol bo‘yicha U-23 O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2023
Obuna bo‘lish
U-23 Osiyo kubogi 2024-yilning qishida emas bahorda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi 2024-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo kubogining sanalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, musobaqa 2024-yilning 15-aprel – 3-may kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dastavval, turnir 2024-yilning yanvar oyida o‘tishi mo‘ljallangan edi. Biroq ushbu muddatda kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogining aynan Qatarda tashkil etilishi sabab kichik yoshdagi futbolchilarning qit’a birinchiligi keyinroqqa qoldirildi.
Saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25-may kuni Kuala-Lumpurdagi OFK qarargohida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnir vazifasini o‘tab beradi. Unda dastlabki 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rin egasi qit’alararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari O‘zbekistonda ham o‘tkazilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0