O‘zbekistonning eng qiziqarli muzeylari: xorijiy sayyohlar orasida TOP-5
O‘zbekiston Davlat San’at muzeyi
I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat San’at muzeyi
“Afrosiyob” Samarqand tarixi muzeyi
O‘zbekiston Amaliy san’at muzeyi
Termiz Arxeologiya muzeyi
O‘zbekiston hududida joylashgan barcha muzeylar haqida ma’lumot
O‘zbekiston hududidagi barcha muzeylarining to‘liq ro‘yxati va manzillari:
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey bo‘lib, 1918-yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan. 1935-yildan O‘zbekiston davlat san’at muzeyi nomi berilgan.
Manzil: Toshkent shahri Amir Temur shohko‘chasi, 16.
O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi 1927 yilda tashkil etilgan.
Manzil:Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi ko‘chasi 15-uy.
O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi 1921 yilda tashkil topgan.
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 1-uy.
Abdulla Qahhor uy muzeyi 1987 yilda ochilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘cha 26/1.
Abdulla Qodiriy uy muzeyi Atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy xotirasi uchun barpo etilgan. 2019-yil dekabr sanasida rasman ish faoliyatini boshlagan.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Termiz tor ko‘chasi 35-uy.
Yunus Rajabiy uy muzeyi 1997 yili O‘zbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy xotirasi uchun tavalludining 100-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy tomonidan ochilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasi 20-uy.
O‘rol Tansiqboyev uy muzeyi O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev xotira uy muzeyi 1981-yilda ochilgan. Muzeyda rassom ijodidan sara namunalar o‘rin olgan bo‘lib, ustaxona ham tashkil etilgan.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Bo‘z-1 mavzesi 5-uy.
Tamaraxonim uy muzeyi Professional o‘zbek raqsi asoschilaridan biri, qo‘shiqchi, raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti Tamaraxonim xotirasi uchun 1994-yilda ochilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tamara honim ko‘chasi, 1/41
Sergey Yesenin uy muzeyi Atoqli rus shoiri Sergey Yesenin xotirasi sharafiga 1981-yilda tashkil etilgan. Dastlab, muzey “Xalq muzeyi” unvonini olgan, 1988-yildan esa davlat maqomiga ega bo‘lgan.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Lev Tolstoy berk ko‘chasi 20- uy.
Oybek uy muzeyi Atoqli o‘zbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 80-yilligi munosabati bilan 1985-yilda ochilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Iftixor-1 ko‘chasi 26-uy.
G‘afur G‘ulom uy muzeyi 1983 yilda asos solingan.
Manzil:Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arpapoya ko‘chasi 1-uy.
Muxtor Ashrafiy uy muzeyi 1982 yilda tashkil etilgan.
Manzil:Toshkent shahri Mirzo Ulugbek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi 15-25.
Sergey Borodin uy muzeyi 1981 yilda rasman ochilgan.
Manzil:Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkarbegi ko‘chasi 18-uy.
Abdulla Qodiriy memorial muzeyi 2019 yilda ochilgan.
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6-uy.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi Markaziy Osiyodagi qadimiy muzeylardan biri bo‘lib, 1929-yili To‘rtko‘l tumanida ilk ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
Manzil: Nukus shahri, S.Kamalov ko‘chasi 24-uy.
Mo‘ynoq Ekologiya muzeyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali bo‘lib 1984-yilda Uchsoy port qishlog‘ida tashkil etilgan. 1998-yilda muzey binosi, Mo‘ynoq tuman Madaniyat uyi binosiga ko‘chirilgan.
Manzil: Mo‘ynoq tumani, Ajiniyoz ko‘chasi, raqamsiz uy.
Ellikqal’a tumani arxeologiya va tarix muzeyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali bo‘lib 1989-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi bo‘limi sifatida tashkil qilingan. 1994-yildan mustaqil ravishda Ellikqal’a tumani o‘lkashunoslik muzeyi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Manzil: Ellikqal’a tumani, O‘zbekiston ko‘chasi 3-uy.
Orol dengizi tarixi muzeyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali hisoblanadi. U Urinbay Yeskirkepov tomonidan 1984-yil Mo‘ynoq tumanining Uchsoy qishlog‘ida o‘lkashunoslik muzeyi sifatida tashkil etilgan.
Manzil: Mo‘ynoq tumani, Uchsoy qishlog‘i-1A.
I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi Respublikadagi yirik muzeylardan biri. Nukus shahrida 1966-yilda tashkil topgan, 1984-yildan N.V.Saviskiy nomi bilan ataladi.
Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri T. Qayipbergenov ko‘chasi 52-uy.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi 2002 yil 1-mart kuni o‘z faoliyatini boshlagan.
Manzil: Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi 1-uy.
Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1934 yilda qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida tashkil etilgan. Muzeyning bo‘lim va filiallari 6 ta binolarda joylashgan. 2017-yilda Andijon viloyati O‘lkashunoslik va Adabiyot va san’at muzeylari negizida qayta tashkil topgan.
Manzil: Andijon shahri. A.Fitrat ko‘chasi 259-uy.
Andijon viloyat Adabiyot va san’at muzeyi Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali hisoblanadi. 1989-yili viloyat O‘lkashunoslik muzeyidan ajralib chiqib, mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Manzil: Andijon shahri. A.Fitrat ko‘chasi 256-uy.
Bobur yodgorligi bo‘limi Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali bo‘lib, Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi negizida 1997-yilda ochilgan.
Manzil: Andijon shahri, Bozor ko‘chasi 21-uy.
Paxtaobod tuman tarixi muzeyi Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali bo‘lib, Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi negizida 1997-yilda ochilgan.
Manzil: Paxtaobod tumani Amir Temur ko‘chasi 5-uy.
Tasviriy san’at bo‘limi - Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi negizida 1997-yilda ochilgan.
Manzil: Andijon shahri Dukchi Eshon ko‘chasi 202-uy.
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi “Ark” viloyat o‘lkashunoslik muzeyi 1920 yilda tashkil topgan.
Manzil: Buxoro shahri Abu Xavs Kabir ko‘chasi, 2-uy.
Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali bo‘lib, u 1980-yilda buyuk olim va faylasuf ibn Sino tavalludining 100-yillik yubileyi munosabati bilan ochilgan.
Manzil: Peshku tumani “Afshona” MFY, Afshona qishlog‘i.
Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali hisoblanadi. 922-yildani beri faoliyat yuritib keladi.
Manzil: Buxoro shahri Abdulla To‘qay ko‘chasi, 70-uy.
Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. U 1922-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
Manzil: Buxoro shahri Mehtar Anbar ko‘chasi.
Buxoro kulolchilik va varaxsha tarixi ko‘rgazmasi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali hisoblanadi. 1995-yildan o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Manzil: Buxoro shahri B.Naqshband shohko‘chasi Labi hovuz majmuasi.
Buxoro suv ta’minoti muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali bo‘lib, 1991-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Manzil: Buxoro shahri Pistashikanon ko‘chasi, “Istirohat” bog‘i.
Buxoro tasviriy san’at muzeyi “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali hisoblanadi. 1922-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
Manzil: Buxoro shahri B.Naqshband shohko‘chasi, 41-uy.
Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali bo‘lib, 1922-yildan buyon faoliyat yuritadi.
Manzil: Buxoro shahri Mirzo Usmon ko‘chasi, 17- uy.
Gilamboflik muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali hisoblanadi. 1922-yildan buyon faoliyat yuritadi.
Manzil: Buxoro shahri Mehtar Anbar ko‘chasi.
Yog‘och o‘ymakorligi ko‘rgazmasi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali bo‘lib, u 1922-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Manzil: Buxoro shahri Xo‘ja Nurobod ko‘chasi, 31-uy.
Imom al-Buxoriy xotira muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali bo‘lib, 1922-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Manzil: Buxoro shahri Pistashikanon ko‘chasi, “Istirohat”bog‘i.
Kadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali hisoblanadi. 1922-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Manzil: Qorako‘l tumani “Sho‘robod” MFY Yangiobod qishlog‘i.
Mohi Xossa amaliy bezak san’ati muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali hisoblanadi. U 1922-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Manzil: Buxoro shahri Mohi Xossa shohko‘chasi, 47-uy.
Naqshbandiya tariqati muzeyi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. U 1922-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Manzil: Kogon tumani “Niyoz Hoji” MFY Qasri Orifon ko‘chasi Bahouddin Naqshband majmuasi.
Romitan tuman tarixi muzeyi - Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. Muzey 1922-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Manzil: Romitan shahri Muhammad Samosiy ko‘chasi, 2-uy.
Temirchilik hunari tarixi muzeyi - Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali.1922 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Manzil: Buxoro shahri Haqiqat ko‘chasi, 2-uy.
Xattotlik tarixi muzeyi - Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1922-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
Manzil: Buxoro shahri Xo‘ja Nurobod ko‘chasi, 29-uy.
Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi - 1993 yildan ish boshlagan.
Manzil: Jizzax shahri, Jizzaxlik mahallasi, Sh.Rashidov ko‘chasi 50-uy.
Zomin tarixi bo‘limi - Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali.
Manzil: Zomin shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 69-uy.
Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi - Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2017-yilda ishga tushirilgan.
Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 4a-uy.
Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi - Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 1979-yilda faoliyatini boshlagan.
Manzil: Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 4a-uy.
Gagarin kosmonavtlar muzeyi - Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2021-yilda ochilgan.
Manzil: Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani, Gagarin shahar, o‘zbekiston ko‘chasi, 31-uy.
Mirzacho‘l tumani o‘lkashunoslik muzeyi - Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 1993-yildan ishlay boshlagan.
Manzil: Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani, Gagarin shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 31-uy.
Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1975-yilda ish faoliyatini boshlagan.
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, B.Sherqulov ko‘chasi 3-uy.
“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi 1996 yilda tashkil etilgan.
Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi 3-uy.
Maqom muzeyi - “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 2019-yilda ochilgan.
Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi 3-uy.
Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1992 yilda tashkil etilgan.
Manzil: Navoiy viloyati Karmana tumani Sadoqat ko‘chasi 17-uy.
Karmana tuman Qosim Shayx majmua muzeyi - Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. Majmua 1558-yilda qurilgan.
Manzil: Navoiy viloyati Karmana tumani Sadoqat ko‘chasi 14-uy.
Qiziltepa tuman tarixi muzeyi - Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 1981-yilda o‘z faoliyatini boshlagan.
Manzil: Navoiy viloyati Qiziltepa tumani O‘zbekiston ko‘chasi 1-uy.
Nurota tuman tabiiy-me’moriy majmua muzeyi - Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 1990-yilda ochilgan.
Manzil: Navoiy viloyati Nurota tumani S.Saidato mahallasi-8.
“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi - Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2018-yilda rasman ochilgan.
Manzil: Navoiy viloyati Navbahor tumani “Mirzo Ulug‘bek” MFY.
“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi O‘zbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi 1996 yil Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati bilan qurilgan.
Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 148-uy.
Ishtixon tuman tarixi muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1977-yili ochilgan.
Manzil: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Ishtixon ko‘chasi 8-uy.
Kattaqo‘rg‘on shahar tarixi muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1981-yilda ochilgan.
Manzil: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, O‘zbekiston ko‘cha 105-uy.
Mirzo Ulug‘bek muzeyi-majmuasi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1964-yilda rasadxona yonida ochilgan.
Manzil: Samarqand shahri, I.Karimov ko‘chasi.
Paxtachi tuman tarixi muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1970-yilda tashkil topgan.
Manzil: Samarqand viloyati, Ziyovuddin shaharchasi, Nisit Q.F.Y.
Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali.1923 yildan ishlay boshlagan.
Manzil: Samarqand shahri, Registon ko‘chasi, 7 "B" uy.
Samarqand viloyat o‘lkashunoslik muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1982-yildan ishlay boshlagan.
Manzil: Samarqand shahri, A.Jomiy ko‘chasi 51-uy.
Samarqand shahar tarixi "Afrosiyob" muzeyi -"Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1970-yilda tashkil etilgan.
Manzil: Samarqand shahri, I.Karimov ko‘chasi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yodgorligi muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 2019-yildan ishlay boshlagan.
Manzil: Samarqand viloyati, Qushrabot tumani Qo‘shtamg‘ali mahallasi, Qo‘rg‘on qishlog‘i.
Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 2021-yilda rasman ochilgan.
Manzil: Samarqand shahar, Mirsaid Baraka ko‘chasi 47- uy.
Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi - "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 2020-yilda rasman ishlay boshlagan.
Manzil: Samarqand shaxar Hoji Abdulazizov ko‘chasi 49-uy.
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1918 yildan ish boshlagan.
Manzil: Namangan shahri, N.Namangoniy ko‘chasi 41-uy.
Kosonsoy tumani tarixi muzeyi - Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 1932-yildan buyon faoliyat yuritadi.
Manzil: Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Maxdumi A’zam ko‘chasi, 169.
Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasi 1918 yilda Toshkentda Xalq universiteti muzeyi sifatida tashkil yetilgan.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko‘chasi 32-uy.
Termiz arxeologiya muzeyi 2002 yilda rasman ochilgan.
Manzil: Termiz shahri, at-Termiziy shohko‘chasi 29-a uy.
Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. 2017 yildan buyon ishlab keladi.
Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston shaxri Navoiy shohko‘chasi 26-uy.
Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi 1960 yilda tashkil topgan.
Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahri, Bunyodkor ko‘chasi 19-uy.
Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi 1962 yildan faoliyat yuritadi.
Manzil: Toshkent viloyati, O‘lkashunoslik ko‘chasi 14-uy.
Yangiyo‘l shahar Usmon Yusupov memorial uy muzeyi 1974 yilda qurib bitkazilgan va ishga tushgan.
Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri Bog‘-hovli ko‘cha 6-uy.
Oqqo‘rg‘on tumani o‘lkashunoslik muzeyi 1991 yilda ochilgan.
Manzil: Toshkent viloyati, Oqqurg‘on tumani, Birlik MFY, Oybek ko‘chasi.
Olmaliq tumani o‘lkashunoslik muzeyi 1992 yilda ishga tushgan.
Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq tumani.
Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1894 yilda asos solingan.
Manzil: Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi 26 uy.
Marg‘ilon shahar tarix muzeyi - Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2017-yildan rasman faoliyat boshlagan.
Manzil: Marg‘ilon sh. Ozodlik maydoni 1-uy.
Uvaysiy uy muzeyi - Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2006-yilda ochilgan.
Manzil: Marg‘ilon sh. Moviy osmon ko‘chasi 21-uy.
Erkin Vohidov uy muzeyi - Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2019-yilda ochilgan.
Manzil: Oltiariq tumani O‘zbekiston ko‘chasi.
Haziniy uy-muzeyi -Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2020-yilda ochilgan.
Manzil: Uchko‘prik tumani Katta Kenagas qishlog‘i.
Erkin Vohidov memorial muzeyi - Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali. 2020-yilda ochilgan.
Manzil: Marg‘ilon shahri Turkiston ko‘chasi 138.
"Qo‘qon" davlat muzey-qo‘riqxonasi 1873 yilda qurilgan.
Manzil: Qo‘qon shahri, Istiqlol ko‘chasi 2-uy.
Amaliy san’at muzeyi -"Qo‘qon" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1873-yilda qurilgan.
Manzil: Qo‘qon shahri, Hamza ko‘chasi, 9-uy.
Buyuk allomalar muzeyi -"Qo‘qon" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali.2017 yilda tashkil etilgan.
Manzil: Qo‘qon shahri, Yangi Chorsu ko‘chasi, 266-uy.
G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyi- "Qo‘qon" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1983-yilda ochilgan.
Manzil: Qo‘qon shahri, Istiqlol ko‘chasi, 69-uy.
Muqimiy xujra muzeyi -"Qo‘qon" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 2017-yilda ochilgan.
Manzil: Qo‘qon shahri, Muqimiy ko‘chasi, 77 uy.
Hamza uy-muzeyi -"Qo‘qon" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 2017-yilda ochilgan.
Manzil: Qo‘qon shahri, Taroqchilik ko‘chasi, 30-uy.
"Ichan-qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasi 2015 yilda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Manzil: Xiva shahri A.Boltayev ko‘cha 41-uy.
Amaliy san’at bo‘limi - "Ichan-qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1908-1910 yillarda qurilgan.
Manzil: Xiva shahri A.Boltayev ko‘chasi, Ichan-Qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida.
Ogahiy uy-muzeyi - "Ichan-qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali. 1999-yilda tashkil etilgan.
Manzil: Xiva tumani, Eski Qiyot MFY.
Sayot qishlog‘i tarixi muzeyi- "Ichan-qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali.1920 yilda ochilgan.
Manzil: Xiva shahri, Dishan Qal’a hududi, Qo‘y darvoza.
O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi 1910 yilda ochilgan.
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, O‘zbekiston ko‘chasi 21-uy.
Komiljon Otaniyozov uy muzeyi - O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi filiali. 2000-yilda tashkil etilgan.
Manzil: Urganch shahri Yog‘du 3-berk ko‘chasi 4-o‘y.