Mirziyoyev Toqayevni 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Toqayevning O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini alohida qayd etdi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari Qozog‘iston prezidentini 70 yoshlik yubileyi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi”, - deyilgan xabarda.
Mirziyoyev Toqayevning O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini alohida qayd etgan.
Prezidentlar oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilishdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning may oyi boshida Toshkent shahrida o‘tgan yig‘ilishining sermahsul natijalari yuqori baholandi.
Qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini ishga tushirish va Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar qayd etildi.
Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Qasim-Jomart Toqayev 1953-yil 17-may kuni Olmaota shahrida tug‘ilgan. Bu yil 70 yoshga to‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0