https://oz.sputniknews.uz/20230517/garb-rossiya-eoii-mdh-ittifoqchilar-bosim-lavrov--35015982.html
G‘arb Rossiyaning YeOII va MDH bo‘yicha ittifoqchilariga bosim o‘tkazapti – Lavrov
G‘arb Rossiyaning YeOII va MDH bo‘yicha ittifoqchilariga bosim o‘tkazapti – Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Lavrovning ta’kidlashicha, G‘arb parralel ravishda bu mamlakatlarda avvalo AQSh, Britaniya, Yevropa Ittifoqi budjetidan moliyalashtiriluvchi nodavlat tijorat tashkilotlari sonini ko‘paytirmoqda.Bunday tashkilotlar qator postsovet mamlakatlarida “o‘zlarini tobora erkin his qilmoqda va hatto musiqaga buyurtma berishga urinmoqda”.
2023-05-17T15:02+0500
2023-05-17T15:02+0500
2023-05-17T15:02+0500
rossiya
g‘arb
yeoii
mdh
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33888679_0:0:2810:1582_1920x0_80_0_0_464ab48fdb4e0be54a282c32e3fd1b01.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. G‘arb Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bo‘yicha ittifoqchilariga “oltin tog‘larni” va’da qilib, surbetlarcha ularga bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.Shu bilan birga, ittifoqchilar iqtisodiy zarar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biror bir ishga qo‘l urmaslikka harakat qilishmoqda.“Ular ikki o‘t orasida qolishmoqda. Iqtisodiy aloqalarning asosiy ulushi Rossiya Federatsiyasi, YeOII, MDHga to‘g‘ri keladi. Biroq G‘arbning Markaziy Osiyo iqtisodiyotidagi ulushi o‘sib bormoqda. G‘arb qat’iy tartib va surbetlarcha ularga “oltin tog‘larni” va’da qilib, ulardan uning manfaatiga zid keluvchi harakatlarni qilmaslikni talab qilmoqda. Garchi aslida bu faqat ichki ishlarga aralashish bo‘lsa ham”, - dedi Rossiya TIV rahbari.Lavrovning ta’kidlashicha, G‘arb parallel ravishda bu mamlakatlarda avvalo AQSh, Britaniya, Yevropa Ittifoqi budjetidan moliyalashtiriluvchi nodavlat tijorat tashkilotlari sonini ko‘paytirmoqda.Bunday tashkilotlar qator postsovet mamlakatlarida “o‘zlarini tobora erkin his qilmoqda va hatto musiqaga buyurtma berishga urinmoqda”.“Biroq shu bilan birga ishonchim komilki, bu mamlakatlar Rossiya Federatsiyasi bilan birdam. Ular haqiqatdan bizning ittifoqchilarimizdir. 2023-yil 9-maydagi G‘alaba kuni buni tasdiqlaydi”, - dedi diplomat.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33888679_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_2396689e328aa8c19aceef461cc19ba0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘arb rossiya yeoii mdh sergey lavrov
g‘arb rossiya yeoii mdh sergey lavrov
G‘arb Rossiyaning YeOII va MDH bo‘yicha ittifoqchilariga bosim o‘tkazapti – Lavrov
Rossiya tashqi ishlar vaziri G‘arb Rossiya ittifoqchilari ikki o‘t orasida qoldirayotgan va ularga bosim o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. G‘arb Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bo‘yicha ittifoqchilariga “oltin tog‘larni” va’da qilib, surbetlarcha ularga bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Harakatlarga tayangan ko‘plab faktlar, bizning yaqin ittifochilarimiz, strategik sheriklarimizning bayonotlari ularni, yumshoq qilib aytganda, juda noqulay vaziyatga qo‘yishayotganini aytmoqda”, - dedi Lavrov “Sargrad” telekanaliga bergan
intervyusida.Shu bilan birga, ittifoqchilar iqtisodiy zarar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biror bir ishga qo‘l urmaslikka harakat qilishmoqda.
“Ular ikki o‘t orasida qolishmoqda. Iqtisodiy aloqalarning asosiy ulushi Rossiya Federatsiyasi, YeOII, MDHga to‘g‘ri keladi. Biroq G‘arbning Markaziy Osiyo iqtisodiyotidagi ulushi o‘sib bormoqda. G‘arb qat’iy tartib va surbetlarcha ularga “oltin tog‘larni” va’da qilib, ulardan uning manfaatiga zid keluvchi harakatlarni qilmaslikni talab qilmoqda. Garchi aslida bu faqat ichki ishlarga aralashish bo‘lsa ham”, - dedi Rossiya TIV rahbari.
Lavrovning ta’kidlashicha, G‘arb parallel ravishda bu mamlakatlarda avvalo AQSh, Britaniya, Yevropa Ittifoqi budjetidan moliyalashtiriluvchi nodavlat tijorat tashkilotlari sonini ko‘paytirmoqda.
Bunday tashkilotlar qator postsovet mamlakatlarida “o‘zlarini tobora erkin his qilmoqda va hatto musiqaga buyurtma berishga urinmoqda”.
“Biroq shu bilan birga ishonchim komilki, bu mamlakatlar Rossiya Federatsiyasi bilan birdam. Ular haqiqatdan bizning ittifoqchilarimizdir. 2023-yil 9-maydagi G‘alaba kuni buni tasdiqlaydi”, - dedi diplomat.