Farg‘onadagi qazish ishlarida fuqaroni tuproq bosib qoldi

© MChS Sotrudniki MChS spasli cheloveka, na kotorogo soshol grunt
Sotrudniki MChS spasli cheloveka, na kotorogo soshol grunt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2023
Obuna bo‘lish
Farg‘onadagi qazish ishlarida xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan fuqaroni tuproq bosib qoldi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Farg‘ona viloyatida ustiga tuproq ko‘chib tushgan fuqaroni qutqarib qolishdi.
Qayd etilishicha, 16-may kuni soat 11:50 da Farg‘ona viloyati FVB navbatchilik qismiga Yozyovon tumani Yuqori Soybo‘yi mahallasida bir kishining ustiga tuproq ko‘chib tushgani haqida xabar kelib tushgan.
Bu holat xandaq qazishda xavfsizlik qoidalarining qo‘pol ravishda buzish natijasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv otradlari yetib kelgan.

“Ko‘chib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlandi. Qayd etish joizki, qutqaruvchilarga voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslar ham yordam ko‘rsatishgan”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi. U tan jarohatlari olgan. Shifokorlar uning hayotiga hech narsa tahdid solmayotganini qayd etishgan.
Yangiliklar lentasi
0