Toshkentda turizm sohasiga oid xalqaro konferensiya o‘tkazildi

© Sputnik/Dostonbek RahmatullayevMejdunarodnaya konferensiya "Destination forum" proshla v Uzbekistane.
Mejdunarodnaya konferensiya Destination forum proshla v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2023
Obuna bo‘lish
Unda Germaniyaning yirik turistik kompaniyalari vakillari, mutaxassislar, madaniyat va turizm hamkorlari ishtirok etishdi.
TOShKENT, 16-may – Sputnik. 10-16 may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab Madaniyat va turizm vazirligi hamda Germaniya turistik assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Destination forum” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Unda Germaniyaning yirik turistik kompaniyalari vakillari, mutaxassislar, madaniyat va turizm hamkorlari ishtirok etishdi.
“O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik ikki davlatning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu boisdan O‘zbekiston muntazam ravishda Germaniyada tashkil etiladigan jahondagi eng yirik “IT-B-Berlin” turistik yarmarkasida ishtirok etib, Germaniyaning yetakchi OAV vakillari va turoperatorlari uchun mamlakatimizga press-tur va sayohatlar uyushtirmoqda. Shuningdek, Germaniyada “O‘zbekiston turizm va madaniyati kunlari” o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi”, - dedi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida aloqalar kengaymoqda. Bu madaniyat, san’at va turizm sohalarida ham ko‘plab yangi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0