Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNarodnaya poetessa Uzbekistana, obshestvenniy deyatel Aydin Gadjiyeva.
Narodnaya poetessa Uzbekistana, obshestvenniy deyatel Aydin Gadjiyeva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 13-may kuni 81 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Taniqli ijodkor, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Oydin Hojiyevaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli ijodkor, jamoat arbobi Oydin Hojiyeva 13-may kuni 81 yoshida vafot etdi.
Oydin Hojiyeva 1942-yil 22-aprelda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ildi. Ushbu tumandagi o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil oldi. “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, keyinchalik “Gulxan” jurnalida bosh muharrir vazifasida xizmat qildi.
Oydin Hojiyeva O‘zbekiston xotin-qizlarining “Saodat” jurnalida samarali ishlab, ko‘p yillar unga bosh muharrirlik qildi.
Uning “Shabnam” deb nomlangan dastlabki she’riy kitobi 1970-yilda nashr qilindi. O‘zining qariyb oltmish yillik ijodiy faoliyati davomida she’riyat va publitsistika janrlarida “Manzillar”, “Men sevgan qo‘shiq”, “Navo”, “Xushxabar”, “Mushfiq onajon”, “Chashmalarni izlayman”, “Tanlangan asarlar” nomli va boshqa o‘nlab betakror asarlar yaratib, Vatanga muhabbat va sadoqat, onaga, ayol zotiga yuksak ehtirom, qadrdon zaminga beqiyos mehr kabi tuyg‘ularni o‘zbek shoiralariga xos yuksak nazokat va yoniq qalb bilan kuylab o‘tdi.
Uning asarlari dunyoning o‘nlab tillarida nashr etilgan edi.
O‘z navbatida Oydin Hojiyeva ko‘plab jahon va qardosh xalqlar adabiyoti yetuk namoyandalarining she’riy asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faol a’zosi sifatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, adabiy jarayonlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh iste’dod egalari, ayniqsa, ijodkor qizlarni tarbiyalash borasida ham ibrat ko‘rsatdi.
Oydin Hojiyeva “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0