Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Kinjal” bilan Kiyevdagi “Patriot” yakson qilindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishGiperzvukovoy aviatsionniy raketniy kompleks "Kinjal"
Giperzvukovoy aviatsionniy raketniy kompleks Kinjal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2023
Obuna bo‘lish
“Kinjal” gipertovushli aeroballistik raketalariga ega bo‘lgan Rossiyaning eng yangi va ilg‘or qurollardan biridir.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari “Kinjal” gipertovushli raketa zarbasi bilan Kiyevdagi Amerikaning “Patriot” zenit-raketa kompleksini yakson qilishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Kinjal” gipertovushli raketa kompleksining yuqori aniqlikdagi zarbasi bilan Kiyev shahridagi AQShda ishlab chiqarilgan “Patriot” zenit-raketa kompleksi yakson qilindi”, - dedi u.
“Kinjal” gipertovushli aeroballistik raketalariga ega bo‘lgan Rossiyaning eng yangi va ilg‘or qurollardan biridir. Raketa yer va dengizdagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0