Turkiyada bulletenlarning 100 foizi hisoblab chiqildi. Natija qanday?

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishRedjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto
Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2023
Obuna bo‘lish
Rajab Toyib Erdog‘an 49,24 foiz, uning raqibi Kemal Qilichdoro‘g‘li 45,06 foiz ovoz oldi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida barcha bulletenlarni hisoblash natijalariga ko‘ra, amaldagi prezident Rajab Toyib Erdog‘an 49,24 foiz, uning raqibi Kemal Qilichdoro‘g‘li 45,06 foiz ovoz oldi.
Sinan O‘g‘an 5,28% ovoz bilan uchinchi o‘rinda.
Hech bir nomzod 50 foiz ovoz ololmagani bois, g‘olib 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi turda aniqlanadi.
Saylov komissiyasi 53,9 million ovozdan 1,21 milliondan ortiq ovozni haqiqiy emas deb topdi.
Turkiyada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi 14-may kuni bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka uchta da’vogar bor: amaldagi prezident 69 yoshli Rajab Toyib Erdog‘an (“Adolat va taraqqiyot partiyasi”), oltita muxolifat partiyasidan yagona nomzod 74 yoshli Kemal Qilichdoro‘g‘li (“Respublika xalq partiyasi”) va “Ata” alyansidan 55 yoshli Sinan O‘g‘an. To‘rtinchi nomzod, “Memleket” partiyasi yetakchisi Muharrem Inje saylovga uch kun qolganda nomzodlikdan voz kechganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0