Turkiyada prezident saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Sertach Kayar / Mediabankka o‘tishVseobshie vibori v Tursii
Vseobshie vibori v Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2023
Obuna bo‘lish
Amaldagi davlat rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an va uning asosiy raqibi muxolifat yetakchisi Kemal Qilichdaro‘g‘li g‘olib bo‘lish uchun yetarlicha ovoz ololmagan.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida nomzodlarning hech biri saylovchilarning 50 foizdan yuqori ovozini olmadi. Shu bois mamlakatda saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya Oliy saylov kengashi (YSK) rahbari Ahmet Yener ma’lum qildi.
“Prezident saylovining ikkinchi bosqichi yakshanba, 28-may kuni bo‘lib o‘tadi”, - dedi u Turkiya telekanali efirida. Uning so‘zlaridan Sputnik Turkiya iqtibos keltirgan.
Yenerning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy vaqt soat 15:15 holatiga ko‘ra saylov qutilarining 100 foizi ochilgan va ovozlar hisoblab chiqilgan. Unga ko‘ra amaldagi davlat rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an saylovchilarning 49,51 foiz, muxolifat yetakchisi Kemal Qilichdaro‘g‘li 44,88 foiz, “Ata” siyosiy bloki vakili Sinan Og‘an 5,7 foiz ovozini olgan.
Turkiya Oliy saylov kengashi raisi saylovda saylovchilarning 88,92 foizi qatnashganini ma’lum qildi.
Turkiya prezidenti saylovining ikkinchi bosqichida Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li davlat rahbari kursisi uchun kurash olib boradi. Eng ko‘p ovoz olgan nomzod g‘olib deb topiladi.
Eslatib o‘tamiz, 14-may kuni Turkiyada prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0