https://oz.sputniknews.uz/20230515/toshkent-temir-yol-liniyasi-ofis-34923400.html
Toshkentda O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temir yo‘l liniyasi qurilishi bo‘yicha ofis ochildi
Toshkentda O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temir yo‘l liniyasi qurilishi bo‘yicha ofis ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2023-05-15T10:26+0500
2023-05-15T10:26+0500
2023-05-15T10:26+0500
siyosat
o‘zbekiston
afg‘oniston
pokiston
temir yo‘l
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34923491_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_0daf41fdf7fa9313e7c91177011e9708.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. 12-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, loyiha ofisining tashkil etilishidan maqsad, loyihani texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va loyihaning amaliy bajarilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishdir.Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi raisi Baxturrahmon Sharafatning ta’kidlashicha, Toshkent shahrida loyiha ofisining ochilishi tomonlar mutaxassislarining ishini bevosita yuzma-yuz shaklda yanada samarali tashkil etish imkonini beradi. Shuningdek, loyihani amalga oshirishda Rossiya va Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyo mamlakatlariga millionlab tonna tabiiy resurslar va boshqa tovarlarni tashish imkoniyati paydo bo‘ladi.11–12 may kunlari O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34923491_25:0:1162:853_1920x0_80_0_0_9583419962a670baf02f8754a1caafa1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent o‘zbekiston – afg‘oniston – pokiston temir yo‘l liniyasi
toshkent o‘zbekiston – afg‘oniston – pokiston temir yo‘l liniyasi
Toshkentda O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temir yo‘l liniyasi qurilishi bo‘yicha ofis ochildi
Toshkent shahrida O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. 12 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda transport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, loyiha ofisining tashkil etilishidan maqsad, loyihani texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va loyihaning amaliy bajarilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishdir.
“O‘zbekiston respublikasi prezidentining tashabbusi bilan 2018-yildan buyon izchil samarali ishlar olib borilmoqda, loyiha ofisining ochilishi esa tomonlarning loyihani amalga oshirishni jadallashtirish borasidagi harakatlarining navbatdagi bosqichidir”, – dedi tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev.
Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi raisi Baxturrahmon Sharafatning ta’kidlashicha, Toshkent shahrida loyiha ofisining ochilishi tomonlar mutaxassislarining ishini bevosita yuzma-yuz shaklda yanada samarali tashkil etish imkonini beradi. Shuningdek, loyihani amalga oshirishda Rossiya va Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyo mamlakatlariga millionlab tonna tabiiy resurslar va boshqa tovarlarni tashish imkoniyati paydo bo‘ladi.
11–12 may kunlari O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.