O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari maxsus taktik-o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda – foto
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari maxsus taktik-o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda – foto
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent harbiy okrugining "Angren" dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari bo‘linmalarining hamkorligidagi "Qalqon-2023" maxsus taktik-o‘quv o‘quvlarini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Toshkent harbiy okrugining "Angren" dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari bo‘linmalarining hamkorligidagi "Qalqon-2023" maxsus taktik-o‘quv o‘quvlarini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida notinchlik, keskinlik va qurolli to‘qnashuvlar o‘zaro muloqotlarda hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘layotgani va ularni mintaqa yaqinida yuz berayotgani o‘zaro harbiy sohadagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga undamoqda.Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokir Sayfudinov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro harbiy sohada bunday yaqin hamkorlikning o‘rnatilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlab o‘tdi.“Boshlanayotgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv ham ikki mamlakatning harbiy sohadagi uzoq yillik tarixiy asoslarga ega do‘stona munosabatlarining yana bir timsolidir”, - deyilgan xabarda.Xabarda bu o‘quv mashg‘ulotlari o‘zbek-qozoq harbiy xizmatchilari uchun o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, eng muhimi, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi qo‘shimcha qilingan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligidagi "Qalqon-2023" maxsus taktik-o‘quv o‘quvlari tantanali ochildi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Toshkent harbiy okrugining "Angren" dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari bo‘linmalarining hamkorligidagi "Qalqon-2023" maxsus taktik-o‘quv o‘quvlarini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida notinchlik, keskinlik va qurolli to‘qnashuvlar o‘zaro muloqotlarda hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘layotgani va ularni mintaqa yaqinida yuz berayotgani o‘zaro harbiy sohadagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga undamoqda.
Tadbirda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokir Sayfudinov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro harbiy sohada bunday yaqin hamkorlikning o‘rnatilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlab o‘tdi.
“Boshlanayotgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv ham ikki mamlakatning harbiy sohadagi uzoq yillik tarixiy asoslarga ega do‘stona munosabatlarining yana bir timsolidir”, - deyilgan xabarda.
Xabarda bu o‘quv mashg‘ulotlari o‘zbek-qozoq harbiy xizmatchilari uchun o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, eng muhimi, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi qo‘shimcha qilingan.