O‘zbekiston va Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

© Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan. Ministri po chrezvichaynim situatsiyam Uzbekistana i Kirgizstana podpisali plan deystviy po sovmestnomu sotrudnichestvu v dele preduprejdeniya i likvidatsii posledstviy ChS transgranichnogo xaraktera.
 Ministri po chrezvichaynim situatsiyam Uzbekistana i Kirgizstana podpisali plan deystviy po sovmestnomu sotrudnichestvu v dele preduprejdeniya i likvidatsii posledstviy ChS transgranichnogo xaraktera. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirlari ikki davlat qutqaruv idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi hujjatni imzoladi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki davlat qutqaruv idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tegishli hujjatni O‘zbekiston va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirlari Abdulla Qo‘ldoshev va Boobek Ajikeyev imzoladi.
Ajikeyevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat qutqaruv idoralari rahbarlari transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladilar.
Mazkur hujjat 9 banddan iborat. Undan qo‘shma mashg‘ulotlar, seminarlar, axborot almashish tizimini takomillashtirish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar joy olgan.
Yangiliklar lentasi
0