Luganskdagi avtovokzal hududida ikkita portlash ro‘y berdi – video

Obuna bo‘lish
RIA Novosti muxbirining xabar qilishicha, zarba sobiq aviatsiya bilim yurti hududiga berilgan.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Ertalab Luganskdagi avtovokzal hududida ikkita portlash ro‘y berdi. Bu haqda Lugansk xalq respublikasining Moskvadagi sobiq elchisi Rodion Miroshnik ma’lum qildi.
RIA Novosti muxbirining xabar qilishicha, zarba sobiq aviatsiya bilim yurti hududiga berilgan. Uning yonida ko‘plab turar uy joylar va maktab bor. Hozir u yerda tegishli organ xodimlari ish olib bormoqda. Portlash joyida chet elda ishlab chiqarilgan raketa parchalari topilgan.
LXR rahbari vazifasini bajaruvchi Leonid Pasechnikning keyinroq ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, raketa zarbasi oqibatida hech kim jabrlanmagan.
12 may kuni Ukraina harbiylari Luganskka ikkita qanotli raketalar bilan zarba berishdi. Buning natijasida olti nafar bola jabrlandi. Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi LXR vakolatxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari “Storm Shadow” qanotli raketalarni qo‘llagan. London kuni kecha Kiyevga bunday raketalarni berganini ma’lum qilgandi.
13 may kuni Ukraina armiyasi “Storm Shadow” raketasi bilan Luganskning Yubileyniy posolkasiga zarba berdi. Buning oqibatida ikki nafar tinch aholi yaralandi. Shuningdek, 7 ta ko‘p kvartirali uy, 25 ta garaj, 15 ta yengil avtomobil va 1 ta elektr energiyasini uzatish liniyasiga zarar yetkazildi.
Yangiliklar lentasi
0