https://oz.sputniknews.uz/20230515/hafta-yomgir-34932036.html
Hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
Hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
Sputnik O‘zbekiston
Prognozlariga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.15 may kuni respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi.
2023-05-15T12:51+0500
2023-05-15T12:51+0500
2023-05-15T12:51+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zgidromet
ob-havo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/344/50/3445006_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_9571e64b75689d88adcf4e107572f585.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zgidromet joriy ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.Prognozlariga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.15 may kuni respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +33…+35 darajani tashkil etadi.Ish haftasining qolgan kunlarida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 16-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17-may kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.16 may kuni kechasi havo harorati +18…+20 darajani, kunduzi +31…+33 darajani tashkil etadi. 17-may kuni kechasi +13…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +17…+22 darajagacha pasayadi. 18-may kuni kechasi +10…+15 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi. 19-may kuni kechasi +12…+17 darajani tashkil etadi, kunduzi +25…+30 darajagacha yana biroz ko‘tariladi.15−16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 17-may kuni respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zida 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17−19 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 metrdan yuqorida) 17−19 may kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.Toshkent shahrida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, chorshanba va payshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol chorshanba kuni 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat 15-may kuni kunduzi +33…+35 darajani, 16-may kuni kechasi +18…+20 darajani, kunduzi +29…+31 darajani tashkil etadi. 17-may kuni kechasi +16…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+22 darajagacha pasayadi, 18-may kuni kechasi +12…+14 darajagacha pasayadi, kunduzi +23…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/344/50/3445006_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_3deaf0b2fefd09cdcb9d5c459a262e00.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zgidromet o‘zbekiston ob-havo hafta prognoz
o‘zgidromet o‘zbekiston ob-havo hafta prognoz
Hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
17 may kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zgidromet joriy ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo haqida
ma’lumot berdi.
Prognozlariga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.
15 may kuni respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +33…+35 darajani tashkil etadi.
Ish haftasining qolgan kunlarida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 16-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17-may kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
16 may kuni kechasi havo harorati +18…+20 darajani, kunduzi +31…+33 darajani tashkil etadi. 17-may kuni kechasi +13…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +17…+22 darajagacha pasayadi. 18-may kuni kechasi +10…+15 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi. 19-may kuni kechasi +12…+17 darajani tashkil etadi, kunduzi +25…+30 darajagacha yana biroz ko‘tariladi.
15−16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 17-may kuni respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zida 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17−19 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 metrdan yuqorida) 17−19 may kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, chorshanba va payshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol chorshanba kuni 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 15-may kuni kunduzi +33…+35 darajani, 16-may kuni kechasi +18…+20 darajani, kunduzi +29…+31 darajani tashkil etadi. 17-may kuni kechasi +16…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+22 darajagacha pasayadi, 18-may kuni kechasi +12…+14 darajagacha pasayadi, kunduzi +23…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi.