https://oz.sputniknews.uz/20230515/boku-ozbekiston-madaniyat-kunlari-34932211.html
Bokuda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi
Bokuda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Iyun-iyul oylarida Boku shahrida “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi.
2023-05-15T12:51+0500
2023-05-15T12:51+0500
2023-05-15T12:51+0500
madaniyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
boku
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0a/33737242_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_afc3a315f848759bb6312289b83b240c.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Joriy yilning iyun-iyul oylarida Boku shahrida “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.Ozarbayjon Madaniyat vaziri Adil Kerimli bilan uchrashuvda bunga kelishildi.Xususan, xalqaro “Haribulbul” festivalida “Navbahor” hamda “Ayqulash” davlat ashula va raqs ansambllari o‘z chiqishlari bilan o‘zbek san’atini yorqin namoyish etdi.Shuningdek, anjuman doirasida turkiy davlatlar oshpaz va xunarmandlari tomonidan ko‘rgazma tashkil etildi. Unda O‘zbekiston oshpazlar va Hunarmandlar uyushmalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston milliy pavilonining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.Safar davomida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti Gunay Efendiyeva bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ushbu jamg‘arma bilan hamkorlik aloqalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
o‘zbekiston
boku
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0a/33737242_82:0:1219:853_1920x0_80_0_0_d7b194e12b7ac35ef393154501f941c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boku “o‘zbekiston madaniyat kunlari”
boku “o‘zbekiston madaniyat kunlari”
Bokuda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi
Iyun-iyul oylarida Boku shahrida “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Joriy yilning iyun-iyul oylarida Boku shahrida “O‘zbekiston madaniyat kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. Ozarbayjon Madaniyat vaziri Adil Kerimli bilan uchrashuvda bunga kelishildi.
9-12 may kunlari O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi “Shusha – Turk dunyosining madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingani munosabati bilan Ozarbayjonda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Xususan, xalqaro “Haribulbul” festivalida “Navbahor” hamda “Ayqulash” davlat ashula va raqs ansambllari o‘z chiqishlari bilan o‘zbek san’atini yorqin namoyish etdi.
Shuningdek, anjuman doirasida turkiy davlatlar oshpaz va xunarmandlari tomonidan ko‘rgazma tashkil etildi. Unda O‘zbekiston oshpazlar va Hunarmandlar uyushmalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston milliy pavilonining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Safar davomida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti Gunay Efendiyeva bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ushbu jamg‘arma bilan hamkorlik aloqalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.