https://oz.sputniknews.uz/20230514/turkiya-saylov-ovoz-berish-34918824.html
Turkiyada saylovda ovoz berish yakunlandi
Turkiyada saylovda ovoz berish yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar to‘qqiz soat davomida kelgusi besh yil davomida mamlakatni boshqaradigan prezidentni va parlamentning 600 nafar deputatini tanladi.
2023-05-14T19:53+0500
2023-05-14T19:53+0500
2023-05-14T19:53+0500
dunyoda
turkiya
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari uchun saylov uchastkalari yopildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Fuqarolar to‘qqiz soat davomida (soat 8:00 dan 17:00 gacha) kelgusi besh yil davomida mamlakatni boshqaradigan prezidentni va parlamentning 600 nafar deputatini tanladi.YSK ma’lumotlariga ko‘ra, 81 viloyatda 190 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatildi. Turkiyaning 60 million 721 ming 475 nafar aholisi ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ularning aksariyati ayollardir – 30,7 milliondan ortig‘i. Xorijiy saylov uchastkalarida ovoz berish 27-apreldan 9-mayga qadar bo‘lib o‘tdi va unda 1,8 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etdi.Prezidentlikka uchta nomzod bor: amaldagi prezident 69 yoshli Rajab Toyib Erdog‘an (“Adolat va taraqqiyot partiyasi”), oltita muxolifat partiyasidan yagona nomzod 74 yoshli Kemal Qilichdoro‘g‘li (“Respublika xalq partiyasi”) va “Ata” alyansidan 55 yoshli Sinan O‘g‘an. To‘rtinchi nomzod, “Memleket” partiyasi yetakchisi Muharrem Inje saylovga uch kun qolganda nomzodlikdan voz kechganini ma’lum qildi.YSK dastlabki natijalarni bugun kechasi e’lon qilishga va’da bergan. Saylovning yakuniy natijalari 19-may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.Agar nomzodlarning hech biri 50 foiz ovoz ololmasa, ikkinchi tur o‘tkaziladi. U 28-mayga belgilangan.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkiyada saylov
Turkiyada saylovda ovoz berish yakunlandi
Fuqarolar to‘qqiz soat davomida kelgusi besh yil davomida mamlakatni boshqaradigan prezidentni va parlamentning 600 nafar deputatini tanladi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari uchun saylov uchastkalari yopildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi. “Prezidentlik va parlament umumiy saylovlari uchun ovoz berish jarayoni yakunlandi va hozirgacha kengashga hech qanday salbiy holat haqida xabar kelib tushmadi”, - dedi Oliy saylov kengashi (YSK) raisi Ahmet Yener.
Fuqarolar to‘qqiz soat davomida (soat 8:00 dan 17:00 gacha) kelgusi besh yil davomida mamlakatni boshqaradigan prezidentni va parlamentning 600 nafar deputatini tanladi.
YSK ma’lumotlariga ko‘ra, 81 viloyatda 190 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatildi. Turkiyaning 60 million 721 ming 475 nafar aholisi ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ularning aksariyati ayollardir – 30,7 milliondan ortig‘i. Xorijiy saylov uchastkalarida ovoz berish 27-apreldan 9-mayga qadar bo‘lib o‘tdi va unda 1,8 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etdi.
Prezidentlikka uchta nomzod bor: amaldagi prezident 69 yoshli Rajab Toyib Erdog‘an (“Adolat va taraqqiyot partiyasi”), oltita muxolifat partiyasidan yagona nomzod 74 yoshli Kemal Qilichdoro‘g‘li (“Respublika xalq partiyasi”) va “Ata” alyansidan 55 yoshli Sinan O‘g‘an. To‘rtinchi nomzod, “Memleket” partiyasi yetakchisi Muharrem Inje saylovga uch kun qolganda nomzodlikdan voz kechganini ma’lum qildi.
YSK dastlabki natijalarni bugun kechasi e’lon qilishga va’da bergan. Saylovning yakuniy natijalari 19-may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Agar nomzodlarning hech biri 50 foiz ovoz ololmasa, ikkinchi tur o‘tkaziladi. U 28-mayga belgilangan.