Qatardagi jahon chempionatida Alisher Yusupov bronza medalini qo‘lga kiritdi

© NOKAlisher Yusupov pobedil yaponsa Kokoro Kageuru i zavoyeval bronzovuyu medal
Alisher Yusupov pobedil yaponsa Kokoro Kageuru i zavoyeval bronzovuyu medal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2023
Obuna bo‘lish
Alisher Yusupov yaponiyalik Kokoro Kageurani ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Qatarda nihoyasiga yetib borayotgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Alisher Yusupov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
+100 kg vazn toifasida Alisher Yusupov yaponiyalik Kokoro Kageurani ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik dzudochilar yakkalik bellashuvlarini 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medal bilan yakunlamoqda. Ta’kidlanishicha, hali hech bir jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bunday natija qayd etmagan.
Bugun O‘zbekiston vakillari aralash jamoaviy dasturda ham medallar uchun kurash olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0