O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNarodnaya poetessa Uzbekistana, obshestvenniy deyatel Aydin Gadjiyeva.
Narodnaya poetessa Uzbekistana, obshestvenniy deyatel Aydin Gadjiyeva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2023
Obuna bo‘lish
Oydin Hojiyeva 2023-yil 13-may kuni 81 yoshida olamdan o‘tdi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
“O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibasi, taniqli shoira Oydin Hojiyeva 2023-yil 13-may kuni 81 yoshida olamdan o‘tdi”, - deyiladi xabarda.
Oydin Hojiyeva 1942-yili Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966-yili Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
Oydin Hojiyeva 1965-1976 yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-1985 yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1985-1995 yillarda “Gulxan”, 1995-yildan esa “Saodat” jurnali bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritgan.
Oydin Hojiyevaning birinchi she’riy to‘plami 1970-yilda “Shabnam” nomi bilan chop etilgan. So‘ngra uning 1972-yilda “Men sevgan qo‘shiq”, “Zar kokil qiz va quyosh”, 1975-yilda “Manzillar”, 1977-yilda “Navo”, 1978-yilda “Tarovat”, 1979-yilda “Buvisining o‘z qizi”, 1980-yilda “Dostonlar”, “Tamal toshi”, 1989-yilda “Saylanma”, 1991-yilda “Najot”, “Olisdan kelgan ovoz” kabi ko‘plab she’riy kitoblari dunyo yuzini ko‘rgan.
2022 yilda Oydin Hojiyeva tavalludining 80-yilligi munosabati bilan “Tanlangan asarlar” kitobi nashr etilgan.
U tarjimon sifatida Shandor Petefi, A.Mskevich, Ovanes Tumanyan, Fayz Ahmad Fayz, Edi Ognesvet, Rimma Kazakova, Fariza Ungarsinova, Oyjamol Omarova, Gulruxsor, Ibroyim Yusupov, Maramxon Abulqosimova va boshqa ko‘plab jahon va qardoshlar xalqlar adabiyoti namoyandalarining doston, ballada va turkum she’rlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Shoiraning she’rlari rus, belarus, fransuz, ingliz, ukrain, qozoq, qirg‘iz, tojik va urdu tillarida nashr etilgan.
Oydin Hojiyeva 1992-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, 1975-yilda Yoshlar Ittifoqi mukofoti, 1999-yilda “El-yurt hurmati”, 2021-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0