Harorat +35 darajagacha ko‘tariladi — 14-may kungi ob-havo tafsilotlari

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishSvetenie kameliy i magnoliy v Sochi
Svetenie kameliy i magnoliy v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 30-32° bo‘ladi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Bugun kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston respublikasida, Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32° bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0